22-26 May kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ”Farg‘ona vodiysi” modalar haftaligi loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi!

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti Dizayn ta'lim yo‘nalishi talaba qizlariga22-26 May kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ''Farg‘ona vodiysi'' modalar haftaligi loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi. Eslatib o'tamiz ushbu loyiha AQSHning xalqaro rivojlanish Agentligi, "Kelajak bugundan boshlanadi" jamoat birlashmasining Namangan viloyat bo‘limi, O'zbekiston savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ishlar...

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Ege universitetidagi ta’lim yo‘nalishlari laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi

Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan Ege universitetidagi o‘rganishlarni davom ettirayotgan delegatsiyasiyamiz mazkur universitetidagi ta'lim yo‘nalishlari laboratoriyalari faoliyatini ham ko‘zdan kechirdilar. Jumladan, Muhandislik, Charm muhandisligi, Trikotaj texnologiyasi, Tekstil muhandisligi, Kimyo texnologiya, Oziq ovqat texnologiyasi, Qishloq xo‘jaligi mashinalari laboratoriyalariga tashrif buyurilib ularning faoliyati yaqindan o‘rganildi. Muloqotlar davomida sohalar kesimidagi doktorantlarini Ege universitetidagi laboratoriyalarda...

Ege universiteti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari ishtirokida Kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazildi

Turkuya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan Ege universitetidagi boshqaruv, kredit-modul tizimi, ta'lim integratsiyasi bo‘yicha zamonaviy tajribalarni o‘zlashtirish maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiyamiz hamda Ege universiteti rahbariyati ishtirokida Izmir shahrida muloqot o‘tkazildi. Unda Zoom platformasi orqali Namangan muhandislik-texnologiya institutining fakultet dekanlari, tegishli kafedra mudirlari va bir qator professor-o‘qituvchilar...

Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilariga AQSHning Verjeniya universiteti professori ishtirokida seminar tashkil qilindi

Xabaringiz bor, Verjeniya texnologiya universiteti professori Tiffany Drape Xalqaro Fullbright loyihasi doirasida institutimizdagi navbatdagi xalqaro volontyor sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Tiffany Drape xonim, bugun Iqtisodiyot fakulteti "Menejment" ta'lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va magisrtlari uchun navbatdagi seminar mashg‘ulotini o‘tdi. Unda Amerikadagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sistemasining dolzarb masalalari borasida fikrlar...

Turkiyaning Ege universiteti bilan hakorlikdagi yangi davr boshlanmoqda

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov bugun Turkiyaning yana bir nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Еge universiteti rektori Necdet BUDAK bilan uchrashdi. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi muloqot davomida hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Unga ko‘ra, ta'lim, ilmiy faoliyat, ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishlarda hamkorlikda yangi dasturlar ishlab chiqiladi....

Al Farobiy Qozoq Milliy universitetining tarix fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishildi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti delegatsiyasi Al Farobiy Qozoq Milliy universitetining tarix fakultetida bo'lib, tarix fakulteti dekani tarix fanlari doktori professor Nogaybayeva Mendigul Sagatovna, kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda professor-o'qituvchilar o'rtasida tajriba almashinuvi, talabalar almashinuvi, xalqaro qo'shma loyihalarni tashkil etish, ilmiy va o'quv jarayoni bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Muhokama...

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi sezilarli oshgan bo‘lsada, tizimda hamon jiddiy muammolar bor

Bugun respublika OTM da jami 5 ming 281 nafar doktorant tahsil olmoqda. O‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 2017 yilda 31,9 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 39,3% foizga yetkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan...

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllariga hujjat topshirish imkoniyati berilishi mumkin

Pezidentimizning 2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi qarori loyihasi ishlab chiqilib, regulation.gov.uz portaliga keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur hujjatda qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan abituriyentlarga fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha yo‘nalishga hamda bir vaqtning o‘zida ham kunduzgi, ham sirtqi va...

НамМТИ талабалари Туркиядаги Карабук университети кутубхонаси ва IT платформасидан фойдаланиш имконига эга бўлдилар

Наманган муҳандислик-технология институти делегацияси айни кунларда халқаро ҳамкорлик доирасидаги ишлар кўламини янги босқичга олиб чиқиш, дунёнинг топ-1000 рўйхатидан ўрин олган олий таълим муассасалари билан янада яқин алоқаларни ўрнатиш мақсадида Туркия Республикасида хизмат сафари билан бўлиб турибди. Токат, Карабук ва Еге шаҳарларидаги университетлар билан музокаралар давом этмоқда. 50 мингдан ортиқ талаба...

Translate »