22-26 May kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ”Farg‘ona vodiysi” modalar haftaligi loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi!

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti Dizayn ta’lim yo‘nalishi talaba qizlariga
22-26 May kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ”Farg‘ona vodiysi” modalar haftaligi loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi. Eslatib o’tamiz ushbu loyiha AQSHning xalqaro rivojlanish Agentligi, “Kelajak bugundan boshlanadi” jamoat birlashmasining Namangan viloyat bo‘limi, O’zbekiston savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ishlar agentligi va bir qator mutasaddi tashkilotlar va xalqaro hamkorlar ishtirokida tashkil etildi. Fransiya, Belarusiya, Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan xalqaro mutaxassislar o’z bilim va ko’nikmalarini talaba qizlarga o’rgatishdi.

Translate »