Ilmiy tadqiqot faoliyati

ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot bazasi to‘g‘risidagi ma’lumot oliy ta’lim uchun va x.k.) mavjudligi:

Namangan muhandislik-texnologiya institutida  bugungi kunda 12 ta ilmiy laboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, xar bir laboratoriyalarda turli yoʻnalishlardagi doktorlik, falsafa doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar, turli yoʻnalishlardagi ilmiy loyihalar bajarib kelinmoqda.

2021-2023 yillar davomida institutda bajarilgan qiymati 12 255,0 mln.so‘m bo‘lgan 18 ta, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari hisobidan 347,2 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 7 ta loyihalar doirasida yangi 6 ta ilmiy laboratoriyalar tashkil etilgan. Institut moddiy texnik bazasi kuchaytirish borasida so‘ngi ikki yil mobaynida chet el grantlari hisobiga 3 ta 66 000 AQSh dollari qiymatidagi laboratoriya jihozlari, hamda 1,5 mlrd. so‘mlik to‘quv-yigiruv dastgohlari va zarur uskunalar o‘rnatilgan. Jahon banki grantlari asosida 11,2 mlrd. so‘mlik

6 ta laboratoriyalar jamlanmalari keltirilib o‘quv va ilmiy jarayonga tatbiq etilgan. 2023 yil davomida institutda kichik ishlab chiqarish texnoparkini tashkil etish maqsadida amaliy va startap loyihalari doirasida qiymati 1 mlrd.so‘mdan ziyod bo‘lgan laboratoriya va ishlab chiqarish jihozlari o‘rnatilgan.

Institutda faoliyat yuritayotgan ushbu ilmiy laboratoriyalarda  turli yo‘nalishlar bo‘yicha, xususan :

– Noorganik va organik moddalar kimyoviy texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Suv resurslari va mineral o‘g‘itlar tejovchi gidrogel polimerini ishlab chiqish hamda yangi turlarini sintez qilish; Mahalliy xom-ashyo (bentonit) va mikroorganizmlar asosida organo-mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish; Biostimulyatorlar va biogumos bilan boyitilgan yuqori bo‘kuvchan tabiiy gillar asosida suv resurslarini tejovchi kompozitlar yaratish; Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida  suspenziyali murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish kabi yo‘nalishlarda;

– Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi qoshidagi Ilmiy tadqiqot diagnostika markazida: Coji (dereza) dorivor o‘simligini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish, Kavar o‘simligini madaniy xolda dasht yerlarida o‘stirish va mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasini tadbiq etish, Buzin mevasidan tayyorlangan konserva mahsuloti, Funduk yong‘og‘i ko‘chatlari va mevasi maxalliy holda yetishtirish, Sabzi ildizmevasidan yosh bolalar uchun sharbat tayyorlash texnologiyasi, Zanjabil o‘simligini ko‘paytirish usullari va organik kukun tayyorlash texnologiyasi kabi yo‘nalishlarda;

– Konstruktorlik byurosida: Arrali jinning ishchi qismlarining samarali konstruksiyasini yartatish; Tolaning sifatini yaxshilash maqsadida paxta separatori konstruksiyasini takomillashtirish; Qishloq xo‘jalik ekinlari uchun agrotexnik ishlov berish mini traktor mashinasini sanoat namunasini yaratish; Don va dukkakli don urug‘larini ekish hamda agrotexnik ishlov berish mashinasini sanoat namunasini yaratish kabi yo‘nalishlarda;

 – O‘simliklarni invitro usulida ko‘paytirish ilmiy biolabo-ratoriyasida: Namangan sharoitida noyob orxideya gulini ko‘paytirish texnologiyasini yaratish yo‘nalishlarida;

– Yuqori molekular birikmalar texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Xitin-Xitozan asosida termosensorli polimerlar olish texnologiyasi kabi yo‘nalishlarda;

– Oziq-ovqat texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Meva va sabzavotlarni saqlash uchun energiyatejamkor yangi vakkum-sublimatsiyali quritish uskunasini yaratish; O‘zbek xurmosini yapon uslubida quritish texnologiyasini yaratish; Meva-sabzavotlardan biologik qiymati yuqori bo‘lgan pastila tayyorlash texnologiyasini yaratish kabi yo‘nalishlarida;

– Metrologiya va o‘zaroalmashinuvchanlik ilmiy laboratoriyasida: O‘lchov vositalarini ishlashi, qiyoslanishi va kalibrlanishini o‘rshanish, attestatsiyadan o‘tkazish tartibini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda;

– Elektrotexnika va eloktronika ilmiy laboratoriyasida: Elektrotexnika va eloktronika moslamalarini ishlashi, qiyoslanishini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda;

– Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Matbba maxsulotlarini qadoqlash, chop etish, tayyor maxsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, chop etish uchun ranglar tayyorlar va sifat ko‘rsatkichlarini tekshirish kabi yo‘nalishlarda;

– Char va mo‘yna maxsulotlari texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Anor po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar olish asosida ekologik xavfsiz charm ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish kabi yo‘nalishlarda ilmiy loyihalar, doktorlik, falsafa doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kimyoviy texnologiya kafedrasining o‘quv-ilmiy laboratoriyasi.

Kimyoviy texnologiya kafedrasining o‘quv-ilmiy laboratoriyasi kafedrada tahsil oladigan bakalavr yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ishtirokchilari (doktorant, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar) ning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 20 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

Laboratoriyada fan dasturlariga muvofiq 40 dan ortiq turdagi kimyoviy tajribalarni bajarish imkoniyati mavjud. Budjet mablag‘lari asosida jami summasi 2 mlrd. so‘mlik 10 dan ortiq laboratoriya jihozlari va 147,850 mln so‘mlik reaktivlardan foydalanib kelinmoqda.

  1. Kolba quritgich –Kimyoviy idishlarni quritish uchun qo‘llanilmoqda.
  2. Distillyator KSL-1188-1 – Suvni ko‘p komponentli moddalarni ajratish va tozalash uchun foydalaniladi.
  3. Spektrofotometr OPTIZEN – Mikroelementlarni aniqlash uchun qo‘llanilmoqda.
  4. Laboratorn y termostat KSL-1023-1 – Turli moddalarni qovushqoqligini aniqlashda tizim haroratini doimiy saqlash uchun foydalaniladi.
  5. Mufelnaya pech KSL-1075-1 – Tabiiy aylanishli quritish pechi. Issiqlik bilan ishlov berish natijasida moddalar, jismlarni quritish uchun qo‘llanilmoqda.
  6. Mufelnaya pech SNOL-1,7.3.1,1.5/9.1 – Tabiiy aylanishli quritish pechi. Issiqlik bilan ishlov berish natijasida moddalar, jismlarni quritish uchun qo‘llanilmoqda.
  7. Sushiln y shkaf KSL-1157-1 – Tabiiy aylanishli quritish pechi. Issiqlik bilan ishlov berish natijasida moddalar, jismlarni quritish uchun mo‘ljallangan.
  8. Nagrevatel KSL-1083 –      Laboratoriya ishlarida kolbadagi suyuqliklar yoki eritmalarni qizdirish uchun foydalaniladi.
  9. Elektricheskaya sentrifuga malogo razmera – sentrafugada asosan emulsiya holatidagi mahsulotlarni katta tezlanish kuchi orqali ajratib beradi.
  10. Meshalka s nagrevatelnoy plitoy – Suyuqlik va eritmalarni aralashtirish va qizdirish uchun
  11. Kolba qizdirgich KSL-114- Laboratoriya ishlarida kolbadagi suyuqliklar yoki eritmalarni qizdirish uchun foydalaniladi.

Noorganik va organik moddalar kimyoviy texnologiyasi  ilmiy laboratoriyasi

Noorganik va organik moddalar kimyoviy texnologiyasi  ilmiy laboratoryasi A-OT-2019-9 «Suv resurslari va mineral o‘g‘itlarni tejovchi gidrogel polimerini ishlab chiqish xamda yangi turlarini sintez qilish» (2019-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha asosida tashkil etilgan. Laboratoriya yangi turdagi mineral o‘g‘itlar va noorganik, organik saklovchi pigmenlar olish bo‘yicha tahlillar bilan shug‘ullanadi.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 10 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan. Ilmiy loyihalar doirasida jami summasi 115,079 mln. sumlik 10 dan ortiq laboratoriya jihozlaridan foydalanib kelmoqda.

  1. Analitik tarozi (120 gr) namunalarni massasini o‘lchash va tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  2. Elektron tarozi (3000 gr) namunalarni massasini o‘lchash va tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  3. rN-metr Eritmalar tarkibida vodorod ko‘rsatkichini (rN) aniqlash uchun ishlatiladi.
  4. Magnit aralashtirgich namunalarni tarkibidagi moddalarni gomogenlash maqsadida aralashtirish uchun ishlatiladi
  5. Spektrofotometr UV-1900 eritmalar tarkibidagi fotometrik, spektral, miqdoriy, kinetik, va biokimyoviy kabi analizlar uchun ishlatiladi.
  6. Aralashtirgich nam saqlovchi o‘g‘it olish jarayonida gelsimon massa olish uchun ishlatiladi
  7. Quritish shkafi olingan namunlarni quritishda, hamda quruq qoldiq miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
  8. Elektr isitgich nam saqlovchi o‘g‘it olish jarayonida ma’lum bir temperatura xosil qilish uchun va pigment namunalarini olish uchun ishlatiladi.
  9. Suv hammomi olingan namunalarni ma’lum bir temperaturadi sinovlar o‘tkazish uchun ishlatiladi

Yuqorida keltirilgan uskunalar yordamida institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya tahlillarini bajarishda foydalanib kelmoqda.

Energetika ilmiy-o‘quv laboratoriyasi

Energetika laboratoriyasida ilmiy va o‘quv tajribalarini o‘tkazish uchun 15 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari harid qilingan. Shuningdek laboratoriya qurulmalarida energetika sohasiga doir 30 dan ortiq turdagi elektr va energetik tahlillarni bajarish imkoniyati mavjud.

  1. Kuchlanish o‘lchish qurilmasi va quvvat koeffisentini o‘lchash pribori. Tajriba qurulmasinida kuchlanish va quvvat koeffitsentini o‘lchash ishlarini bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  2. Generator puskateli, puskatel va saqlagich. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va himoya qurulmalari tuzilishini o‘rganishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  3. PH-metr. Eritmalar tarkibida vodorod ko‘rsatkichini (rN) aniqlash uchun ishlatiladi.
  4. Kondensatorlar to‘plami va aktiv qarshiliklar reostati. Tajribada liniyani parallel va ketma-ket ulashda qo‘llaniladi.
  5. Generator va dvigatel qurilmasi. Tajribada elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  6. Sxema yig‘ish stendi, Uch fazali manba va Bir fazali avtotransformator. Tajribada bir va uch fazali linyalarni ulashda foydalanib kelinmoqda.
  7. Yulduz va uchburchak usulida ulash qurilmasi. Tajribada dvigatellarni yulduz va uchburchak usullarini ulash tahlillari o‘rganilib kelinmoqda.
  8. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok manbai. Tajribada o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok manbalarini ko‘rsatkichlari o‘rganilib kelinmoqda.
  9. Transformator va Uch fazali transformator. Tajribada bir va uch fazali transformatrlarini ishlash jarayonlari o‘rganilib kelinmoqda.
  10. Elektron ossilogrof. Tajribada tarmoqdagi tebranish ko‘rsatkichlarini o‘rganilib kelinmoqda.
  11. Minidvigatel va Minigenerator yig‘ish stendi. Tajribada talabalarga elektr energiya ishlab chiqarishni ko‘rsatish uchun qo‘llanilib kelinmoqda.
  12. O‘zgaruvchan reostat. Tajribada tarmoqqa ulangan o‘zgaruvchan qarshiliklar ta’siri o‘rganib kelinmoqda.
  13. Maxsus ulovchi kalit. Tajribada tarmoqlarni bir-biri bilan ulash ko‘rsatkichlarini o‘rganilib kelinmoqda.
  14. Shamoldan energiya olish uchun jihoz bilan ta’minlangan to‘plam. Tajribada shamol energiyasidan elektr energiyasi olish jarayonlari ko‘rsatkichlarini o‘rganilib kelinmoqda.
  15. Quyoshdan energiya olish uchun jihoz bilan taminlangan to‘plam. Tajribada quyosh energiyasidan elektr energiyasi olish jarayonlari ko‘rsatkichlarini o‘rganilib kelinmoqda.

Yuqorida keltirilgan uskunalar yordamida institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya tahlillarini bajarishda, shuningdek institut davlat budjeti loyihalari va shartnoma ishlarini bajarishda maksimal darajada samarali foydalanib kelinmoqda.

Kimyo kafedrasining o‘quv-ilmiy laboratoriyasi.

Kimyo kafedrasining ilmiy-o‘quv laboratoriyasi 2017 yilda tashkil qilingan. Laboratoriya institutda tahsil oladigan bakalavr yo‘nalishi talabalariga kimyo fanlari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ishtirokchilari (doktorant, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar) ning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.

Hozirgi kunda laboratoriyada 1 shtat birligida kabinet mudiri lavozimida 1 ta xodim va 2 shtat birligida laborant vazifasida 2 ta xodim faoliyat yuritmoqda.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 20 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

Laboratoriyada fan dasturlariga muvofiq 40 dan ortiq turdagi kimyoviy tajribalarni bajarish imkoniyati mavjud.

 

  1. Bidistillyator GFL 2102 – Suvni ko‘p komponentli moddalarni ajratish va tozalash uchun foydalaniladi.
  2. Kolba quritgich – Kimyoviy idishlarni quritish uchun qo‘llanilmoqda.
  3. Spektrofotometr atomno-absorbsionn y – Mikroelementlarni aniqlash uchun qo‘llanilmoqda.
  4. Konduktometr FiveEasy Plus – elektr tok o‘tishi orqali ionlar aktivligini va konsentratsiyasini aniqlash uchun qo‘llanilmoqda.
  5. Avtomaticheskiy titrator Easy PlusTM Titration – kislota va asoslarni tayyorlangan eritmalar orqali neytrallanishini amalga oshiradi va pH ni ko‘rsatadi.
  6. Diafragmenn y vakuumno-nagnetateln y nasos PJ7721-035.3 – Rotor bug‘latgich uchun past bosim xosil qilish uchun foydalaniladi.
  7. Rotorny isparitel RV-8 – Past haroratda ekstratlar, eritmalarni fraksiyalab haydash va bir-biridan ajratishga yordam beradi.
  8. Sifrovoy usb mikroskop B-150R – Jismlarni kattalashrib ko‘rsatish uchun foydalaniladi.
  9. Avtomaticheskiy pribor dlya op-redeleniya temperatur SPM 10 –Kristallarni suyuqlanish haroratini optik sohada avtomatik aniqlash uchun foydalaniladi.
  10. Sistema dlya spektrofotometricheskogo analiza v vidimoy i ultrafioletovoy oblastyax sveta, EMC-30PC-UV – Organik moddalar va eritmalarning tarkibi va tuzilishini aniqlash uchun qo‘llanilmoqda.
  11. Refraktometr avtomaticheskiy, DR101-60 – Moddaning nur sindirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun qo‘llanilmoqda.
  12. Krekingovaya kolonna, Kontroliruetsya s Kompyutera (PK) –Uglevodorodlarni ajratish uchun qo‘llanilmoqda.
  13. Laboratorn y termostat WCB-11 –turli moddalarni qovushqoqligini aniqlashda tizim haroratini doimiy saqlash uchun foydalaniladi.
  14. Mufelnaya pech FH-03 – Tabiiy aylanishli quritish pechi. Issiqlik bilan ishlov berish natijasida moddalar, jismlarni quritish uchun qo‘llanilmoqda.
  15. Ustanovka dlya elektroliza ‘CPS – elektr toki ta’sirida eritmalarni tarkibiy qismlar (kation va anion) ga ajratish uchun qo‘llanilmoqda.
  16. Sushiln y shkaf UNB 32 l – tabiiy aylanishli quritish pechi. Issiqlik bilan ishlov berish natijasida moddalar, jismlarni quritish uchun mo‘ljallangan.
  17. Avtomaticheskaya sistema izmereniya vyazkosti – Suyuqliklarning qovushqoqligini aniq o‘lchash uchun foydalaniladi. 
  18. Viskozimetr Xyoplera (s katyaщimsya sharikom) – Suyuqliklarning qovushqoqligini aniq o‘lchash uchun foydalaniladi. 
  19. Analiticheskie ves ABS 120-4, 120:0.0001 g – Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  20. Elektronn e analiticheskie ves TE64 – Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  21. Kompaktn y spektrometr USB 467 251 – Moddalarni ko‘rinuvchan va UB-nur sohasidagi spektrlarni olishga va konsentratsiyasini aniqlash uchun foydalaniladi.
  22. Nagrevatel KM-M 500 ml – Laboratoriya ishlarida kolbadagi suyuqliklar yoki eritmalarni qizdirish uchun foydalaniladi.
  23. Meshalka s nagrevatelnoy plitoy – Suyuqlik va eritmalarni aralashtirish va qizdirish uchun foydalaniladi
  24. Elektricheskaya sentrifuga malogo razmera – sentrafugada asosan emulsiya holatidagi mahsulotlarni katta tezlanish kuchi orqali ajratib beradi.
  25. Transformator nizkovoltny, reguliruemy – O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradi (elektrolizer uchun).

Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi qoshidagi Ilmiy tadqiqot diagnostika markazi

Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash laboratoriyasi 2022 yil tashkil qilinib, laboratoriya to‘liq faoliyati uchun 1 ta shtat birligi ajratilgan. Laboratoriya qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlashda mahsulotlar tarkibini aniqlashda ishlatiladi.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 10 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

Hozirgi kunda laboratoriya ISO/IEC 17025:2017 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompitentligiga qo‘yilgan talablar” asosida halqaro akkreditatsiya guvohnomasiga ega. Shuningdek laboratoriya akkreditatsiya sohasiga asosan 50 dan ortiq turdagi tahlilarni bajarish imkoniyati mavjud.

  1. Raqamli mikroskop BioBlue BB.4253. Raqamli mikroskop o‘rganilayotgan ob’ektning kattalashtirilgan tasvirini olib, ushbu tasvirni kompyuter monitorida ko‘rsatgan holda chuqurroq tahlil qilish uchun ishlatiladi.
  2. Laboratoriya tegirmoni HR-06B. Tuproq, o‘simlik namunalarini analizga tayyorlash va har-xil turdagi donlardan yorma olishda qo‘llaniladi.

3.Isituvchi plitali magnitli aralashtirgich MS7-H550-PRO. Moddalarni kimyoviy analizga tayyorlashda magnit maydon yordamida turli suyuqliklarni mexanik aralashtirish vazifazini bajaradi.

4.Avtomatik titrator H1901C1-02. O‘rganilayotgan  ob’ektdagi suv miqdorini o‘lchaydigan analitik qurilma. Titrator qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarni kimyoviy tahlilga tayyorlashda qo‘llaniladi.

  1. Laboratoriya sentrafugasi L-450. O‘simlik, tuproq, o‘g‘it namunalarini agrokimyoviy analizga tayyorlash imkonini beradi. Suyuqlikni tarkibiy qismlarga (fraksiyalarga) ajratish, aksincha, suyuqlikdagi zarralarni bir xil aralashishini ta’minlaydi.
  2. Mufel pechi NEVOQTZ. Yuqori haroratda o‘simlik va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kul elementlarini aniqlashda foydalaniladi.
  3. Analitik tarozi ZEC21. Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  4. rN-metr/ionmetr PXSJ-216. Bu qurilma kislota-asos xususiyatlarini, suvli eritmalardagi vodorod ionlarining faolligini, boshqa bir valentli kationlarning faolligini va turli xil suvli eritmalarning oksidlanish-qaytarilish potensialini hisoblash uchun ishlatiladi.
  5. High Accuracy Thermometer Yowexa Yet-710 Pt1000. Tuproq, havo va saqlash omboriga joylashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini xaroratini raqamli o‘lchash ishlatiladi.
  6. Hydrometers Densitometers. Suyuq moddalarning zichligi, konsentratsiyasi va aralashmalar miqdorini tez, aniq o‘lchash uchun ishlatiladi.
  7. Spektrofotometr UV 755. Namunalar tarkibida og‘ir metallarni tahlil qilish hamda metallarning miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi.
  8. Refraktometr 98490. Kimyoviy birikmalarni aniqlash, miqdoriy va strukturaviy tahlil qilish, moddalarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun ishlatiladi.

13.Saxarametr VK-R4. Mahsulotlar tarkibidagi qand miqdorini aniqlashda ishlatiladi.

Yuqorida keltirilgan uskunalar yordamida institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya tahlillarini bajarishda, shuningdek institut davlat budjeti loyihalari va shartnoma ishlarini bajarishda maksimal darajada samarali foydalanib kelinmoqda.

Ilmiy tadqiqot diagnostika laboratoriyasi.

Ilmiy tadqiqot diagnostika markazi laboratoriyasi 2021 yil tashkil qilingan. Laboratoriya meva va sabzavot o‘simliklarini fiziologiyasi va biokimyosini tahlil qilish, dorivor o‘simlik mevalaridan organik kukun tayyorlash, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatiga tadbiq etish, kam tarqalgan meva va sabzavot o‘simliklarini seleksiya va urug‘chiligini o‘rganish, kartoshka tuganaklaridagi virus turlarini ekishdan oldin diagnostika qilish sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish uchun ilg‘or ilmiy-texnik baza hisoblanadi. Markazda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kimyoviy tarkibini o‘rganishning eng yangi usul va texnologiyalariga ega bo‘lgan malakali kadrlarning yangi avlodi tayyorlanadi.

Ilmiy tadqiqot diagnostika  markazi laboratoriyasi faoliyati uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “A-OT-2021-150. Goji (dereza) dorivor o‘simligini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish” loyihasi asosida 10 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sohasiga asosan 30 dan ortiq turdagi kimyoviy tahlilarni bajarish imkoniyati mavjud.

  1. Elektronniy mikroskop Mikromed-M. Vidieokulyar DSM-500. Namunalar tarkibidagi mikroorganizmlar turlarini tuzilishi va mahsulotlarni sitologik tuzilishini o‘rganish uchun ishlatiladi.

2.Analitik tarozi. Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.

  1. rN-metr Five Easy modeli F20. Eritmalar tarkibida vodorod ko‘rsatkichini (rN) aniqlash uchun ishlatiladi.

  2. Spektrofotometr UV-5100. Namunalar tarkibida og‘ir metallarni tahlil qilish hamda metallarning miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi.

  3. Quritish shkafi. Namunalarni quritish va quruq qoldiq miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

  4. Termostat TS-1/80 SPU. Namunalarni kislorodsiz muhitda konservatsiya qilish uchun ishlatiladi.

7. Scio molecular sensor (Refraktometr). Namunalar tarkibidagi eruvchan uglevodlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi.

8. Vakuumnoy ukuporki banok “Tvist-Off”. Model UU-5. Qayta ishlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xavosiz muhitda qadoqlash uchun xizmat qiladi.

9. Sentrafuga. Namunalarni aralashtirish va gomogeniztsiyalash uchun xizmat qiladi.

  1. Kolba, probirka, shtativ va boshqalar. Namunalar ustida laboratoriya taxlillarini o‘tkazish uchun qo‘llaniladi.

  2. Proektor. Loyixalar natijalari uchun taqdimotlar o‘tkazish uchun hizmat qiladi.

Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasining ilmiy laboratoriyasi.

Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasining laboratoriyasi 2021 yil tashkil qilinib, laboratoriya to‘liq faoliyati uchun 5 ta shtat birligi ajratilgan. Laboratoriya bosishdan oldingi jarayon, bosish jarayoni va bosishdan keyingi jarayonlarda sifat nazoratini shuningdek sifatni prognozlash uchun yordam beradi.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 10 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

Hozirgi kunda laboratoriya ISO/IEC 17025:2017 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompitentligiga qo‘yilgan talablar” asosida halqaro akkreditatsiya guvohnomasiga ega. Shuningdek laboratoriya akkreditatsiya sohasiga asosan 60 dan ortiq turdagi kimyoviy tahlilarni bajarish imkoniyati mavjud.

  1. Spektrodensitometri ET-120 HD. Nashrlarni bosmaga tayyorlash tizimlarida fotoqoliplar sifatini nazorat qilish va chop etilgan aks ettirilgan yorug‘likni o‘lchashdaqo‘llanilib kelmoqda.
  2. Spektrofotometr UY7 – qog‘ozning yorug‘lik o‘tkazuvchanligini aniqlashda ishlatiladi.
  3. Biskozimetr first plast LR – o‘lchov sistemasi df shpinderlar
  4. YG 461E – havo o‘tkazuvchanlikni aniqlash uchun raqamli qurilma.
  5. Tolali mikrotom YG002C – tola tuzilishini taxlil qilish uchun kompyuter tizimi.
  6. Avtomati qirqish uskunasi – to‘qimachilik matolari, jun, ipak, kanop, kimyoviy tola va boshqalarni qirqish uchun ishlatiladi
  7. Portativ kolorimetrVLD-200 – asosan rang tahlili va rang sifatini nazorat qilish uchun foydalaniladi.
  8. Sinov nusxasini olish uskunasi SV100-E (UB/offset) nashrlarni bosmaga tayyorlash va chop etishdagi sifat natijalarini to‘liq baholash uchun ishlatiladi.
  9. Paqamli fotometr TA8124 – turli yorug‘likmanbalari tomonidan taraladigan yoritishni o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
  10. TR300 – qog‘oz, karton, bosma mahsulotlari sirt yuzasidagi notekisligini aniqlab beradi
  11. Mufel pechi – qogoz mahsulotlarini kulliligini aniqlashga mo‘ljallangan.
  12. Shimilish notekisligini aniqlash uchun dinamik analizator – bosish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan qog‘oz va karton sirt parametrlarining umumiy taqsimotini baholash, bog‘lovchilar, g‘ovaklik, pigmentlar, sirt o‘lchamlari, sensor yordamida sinov suyuqligi va qog‘oz o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni o‘lchaydi.
  13. Nusxa ko‘chirish ramasi SBD-750 – kontaktli nusxa ko‘chirish ramasi shaffof asosda tayyorlangan fotopilyonkadan nusxa ko‘chirish uchun ma’ljallangan
  14. Qog‘ozli bosma uskunasi DH 452 – bosma mahsulotlarni chop etuvchi uskuna

Yuqorida keltirilgan uskunalar yordamida institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya tahlillarini bajarishda, shuningdek institut davlat budjeti loyihalari va shartnoma ishlarini bajarishda maksimal darajada samarali foydalanib kelinmoqda.

Metrologoya, standartlashtirish va o‘zaro almashinuvchanlik ilmiy-o‘quv laboratoriyasi

Mazkur laboratoriya 2019 yil tashkil qilinib, laboratoriya to‘liq faoliyati uchun 1 ta shtat birligi ajratilgan. Laboratoriya  metrologiya, o‘lchashlar birligi ta’minlash va mahsulotlarni sifat ko‘satkichlarini tekshirish, shuningdek to‘qimachilik xossalarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 20 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

  1. Vlagamer (SK-100) kontaktli usulda tola va iplarning namligini aniqlash uchun qo‘llanilib kelinmoqda.
  2. Yarn twist meter Y-331A Iplarga buram berish va buramdan bo‘shatish uchun qo‘llanilib kelinmoqda.
  3. Tinius Olsen 5 st Iplarni mustahkamligini va uzilishdagi uzayishini aniqlash uchun ishlatiladi.
  4. Taxometr (DT-2234B) mashina va mexanizm vallarining aylanish sonini aniqlash uchun qo‘llanilmoqda.
  5. Evenes tester (SPIN 5600 Eveness tester) To‘qimachilik yarim tayyor va tayyor mahsulotlari (pilta, pilik, ip)ning notekisligini aniqlash uchun ishlatiladi.
  6. Surface profile gauge SRT-6223 Yuza notekisligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
  7. Elektiron shtanginserkul (DR 6003) Namunalarni ichiki va tashqi diametrlarini hamda qalinliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
  8. Digital universal tool microscope 19 JC Namunalarning geometrik o‘lchamlarini o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
  9. Visco ball viscometer Suyuqlik namunalarini qovushqoq (quyuq-suyuq)lik darajasini aniqlash uchun ishlatiladi.
  10. PRESSURE CALIBRATOR TY-100 100 MPa gacha bo‘lgan bosim o‘lchovchi hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish uchun ishlatiladi.
  11. PRESSURE CALIBRATOR TY-6 6 MPa gacha bo‘lgan bosim o‘lchovchi hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish uchun ishlatiladi.
  12. PRESSURE CALIBRATOR TY-06 0.6 MPa gacha bo‘lgan bosim o‘lchovchi hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish uchun ishlatiladi.
  13. PRESSURE CALIBRATOR TY-025 0.25 MPa gacha bo‘lgan bosim o‘lchovchi hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish uchun ishlatiladi.
  14. Tarash mashinasi NETI No.2 (7) DW7010H Tolali materiallar (paxta, jun va b.) tutami (xolst)dan tarash yordamida pilta hosil qiladigan mashina.
  15. Elektor tarozi (Kern –ABJ120-4NM). Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  16. Elektor tarozi (Sartorius). Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda
  17. Pressley–Code 231-A. Tola mahsulotlarining mustahkamligini aniqlash uchun qo‘llanib kelinmoqda.
  18. Professional luxmeter (HT-309) Xonaning yoritilganlik darajasini aniqlash uchun qo‘llanilib kelinmoqda.
  19. Turbina oqimini o‘lchovchi jihoz (HM-500) Oqimni quvur g‘ildiragi yordamida o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
  20. Yassi burchakni o‘lchash jixozi (BP-D300). Murakkab radiusdagi burchaklarni o‘lchash uchun qo‘llanladigan jihoz.
  21. Vallarni sirt o‘zgarishini o‘lchash jihozi (D-316151). Vallarni sirt o‘zgarishini o‘lchash uchun qo‘llaniladigan jihozi.

Yuqorida keltirilgan uskunalar yordamida institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya tahlillarini bajarishda, shuningdek institut davlat budjeti loyihalari va shartnoma ishlarini bajarishda maksimal darajada samarali foydalanib kelinmoqda.

Oziq-ovqat texnologiyasi ilmiy laboratoriyasi.

Oziq-ovqat texnologiyasi laboratoriyasi 2019 yil tashkil qilinib, laboratoriya to‘liq faoliyati uchun 2 ta shtat birligi ajratilgan. Laboratoriya oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarni fizik-kimyoviy tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

Hozirgi kunda laboratoriyada 1 shtat birligida kabinet mudiri
1 shtat birligida laborant faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 50 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

Shuningdek laboratoriyada 100 dan ortiq turdagi fizik-kimyoviy tahlillarni bajarish imkoniyati mavjud.

Jumladan,

  1. Analitik tarozi. Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  2. Elektron tarozi. Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  3. Rh-metr. Eritmalar tarkibida vodorod ko‘rsatkichini (rN) aniqlash uchun ishlatiladi.
  4. Polyarimetr. Polarimeter P3000, A. KRUSS Optronic  (Germaniya)    – aylanish burchagi va shakar darajalarini o’lchash uchun mo’ljallangan to‘liq avtomatik qurilma. O‘lchangan qiymatlarni sensorli ekranda ko‘rish va printerda chop etish mumkin. Polarimetrni boshqarish uchun faqat 4 ta tugma ishlatiladi, bu sizga qurilmaning funktsiyalarini osongina va tez boshqarish imkonini beradi. P3000 avtomatik polarimetrining yetkazib berish to‘plamiga 100 va 200 mm bo‘lgan 2 ta polarimetrik kyuvetalar, stilus va tarmoq kabeli kiradi.
  5. Spektrofotometr. Namunalar tarkibida og‘ir metallarni tahlil qilish hamda metallarning miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi.
  6. Mufel pechi. Yuqori haroratda eruvchi elementlarni eritish uchun qo‘llaniladi.
  7. Quritish shkafi. Namunalarni quritish va quruq qoldiq miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
  8. 8. Magnit aralashtirgich. Ekstraksiya jarayoni hamda bir jinsli aralashtirish uchun ishlatiladi.
  9. Don testeri donning naturasini aniqlashda ishlatiladi.
  10. Kichik o‘lchamdagi sentrifuga. Eritmalarni elektr o‘tkazuvchanligini, loyqaligini hamda og‘ir metallarni tahlil qilish uchun ishlatiladi.
  11. Sovutgich -40°C. Mikroprotsessor boshqaruv bloki ma’lum rejimni o‘rnatish, saqlash va boshqaruv blokining ekranida ish kamerasidagi harorat qiymatini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
  12. Avtoklav. Ushbu avtoklav B sinfidagi avtomatik bug‘li sterilizator bo‘lib, uni ishlatish juda oson. Sterilizatsiya dasturining parametrlari va shartlari sterilizatsiya jarayonida avtomatik ravishda raqamli ekranda ko‘rsatiladi.
  13. Sabzavotlarni kesish uchun mashina SL50. meva sabzavotlarni kesish uchni foydalaniladi.
  14. Binokulyar misroskop. Levenhuk MED D45T LCD uch ko‘zli raqamli mikroskop – bu uch ko‘zli mikroskopning funksionalligini 5 megapikselli raqamli LCD kamera bilan birlashtirgan zamonaviy qurilma. Professional foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, u mikrobiologlar, biokimyogarlar, sog‘liqni saqlash mutaxassislari va laboratoriya texniklarining ehtiyojlariga xizmat qiladi. Bu batafsil, chuqur tadqiqot va tahlil qilish uchun muhim vositadir.
  15.  Eksikator – bu turli xil namunalar va moddalarni quritilgan holda saqlash uchun ishlatiladigan laboratoriya shishasi. Ba’zi hollarda u to‘g‘ridan-to‘g‘ri namunalarni quritish yoki bug‘lantirish uchun ham ishlatilishi mumkin.
  16. Gomogenizato. Laboratoriya gomogenizatori TissueRuptor biologik namunalarni (odam va hayvonlarning to‘qimalari va hujayralari, o‘simlik to‘qimalari) gomogenizator dvigateli tomonidan boshqariladigan nozulning aylanishi hisobiga gomogenlash uchun mo‘ljallangan.
  17. Xavo purkovchi ekran donli xom ashyolardagi chang va yengil chiqindilarni ajratish va miqdorini aniqlashda ishlatiladi.
  18. 18. Rotatsion bug‘latkich Organik uchuvchan moddalarni ajratish uchun foydalaniladi.
  19. Suv xammomi Bajarilayotgan tajribada bir xil xarorat berish uchun foydalaniladi.
  20. Vaakum nasos Rotatsion bug‘latkich ish faoliyatini bir meyorda ketishini tamilash
  21. 21. Kolorimetr Lovibond rang shkalasi och rangdan to quyuq soyalargacha bo‘lgan ranglarning barcha diapazoni bo‘ylab aniq kalibrlangan rangli shisha filtrlar seriyasiga asoslangan.
  22. 500 ml li kolbalar uchun qizdirgich. labaratoriya kolbalarni qizdirishda foydalaniladi.
  23. Laboratoriya maydalagichi laboratoriyada foydalaniladigan xom ashyolarni maydalash uchun ishlatiladi.
  24. Ekstraksiya uchun qurilma organik moddalarni organik erituvchilar yordamida ajratib olish uchun ishlatiladi.
  25. Refraktometr quruq modda miqdorini aniqlashda ishlatiladi.
  26. 26. Rotatsion viskozometr labaratoriyada xom ashyolarni qovushqoqligini aniqlashda ishlatiladi.
  27. 27. Namlik analizatori labaratoriyada aniqlanilyotgan namunaning tarkibidagi namligini aniqlashda ishlatiladi.
  28. Avtomatik titrator potensiometrik usul prinsipi asosida hajmli tahlil qilish uchun mo‘ljallangan keng tarqalgan analitik asbob bo‘lib, titrlash jarayonida potensial o‘zgarishini o‘lchash orqali titrlashning yakuniy nuqtasini aniqlash uchun potensiometrik titrlash qo‘llaniladi.
  29. 29. Universal shakar o‘lchagich Laboratoriya jarayonlarini olib borishda kerak bo‘ladigan namunlar tarkibidagi saxaroza inversiyasini aniqlashda foydalaniladi.
  30. 30. Elaklar namunalarni kalibirlashda hamda tozalashda, shuningdek fraksiyalarga ajratishda ishlatiladi.
  31. 31. Areometrlar zichlik aniqlashda ishlatiladi.
  32. 32. Termometrlar harorat o‘lchash uchun foydalaniladi.
  33. 33. Don IK-analizatori Kungaboqar, bug‘doy, soya, loviya, makkajo‘xori, arpa kabi donlarning yog miqdori, kislotalar, glyukozinolatlar, protein, namlik, kleykovina, kraxmal miqdorlarini aniqlashda foydalaniladi.
  34. 34. Zichlik o‘lchagich (ANTON PAAR) Laboratoriyada namunalarni zichligni aniqlashda Shu bilan bir qatorda o‘lchash jarayonlarining to‘liq shaffofligi va nazoratini ta’minlaydi.
  35. 35. Elak silkituvchi (Sieve Shaker) Tajriba ishlarida dispers materiallarni namuna o‘lchamiga qarab fraksiyalarga ajratishda foydalaniladi.
  36. 36. Diafanoskop labaratoriya jarayonida bug‘doy va boshqa un olinadigan urug‘larning shaffofligni aniqlash uchun foydalaniladi.
  37. Maslopress model NF-100 labaratoriya sharoitida turli urug‘lardan moy olish uchun foydalaniladi.
  38. Kombirovannie pech dlya v pechki model SXW-P, STR-5E, STD-2H, ST-PFX-16A, ST-DN10 laboratoriyada non va non mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi.
  39. Go‘shtni qayta ishlash liniyasi go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash va go‘sht mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi.

Yuqorida keltirilgan uskunalar yordamida institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya tahlillarini bajarishda, shuningdek institut davlat budjeti loyihalari va shartnoma ishlarini bajarishda maksimal darajada samarali foydalanib kelinmoqda.

Mashinasozlik texnologiyasi ilmiy-o‘quv laboratoriyasi

Mashinasozlik texnologiyasi laboratoriyasi 2022 yil tashkil qilinib, laboratoriya to‘liq faoliyati uchun 2 ta shtat birligi ajratilgan. Laboratoriya texnologik mashina va jihozlar detallariga mexanik ishlov berish shuningdek mexanik ishlov berish aniqligini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 10 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

  1. Tokarlik vintqirqish dastgohi Tayyorlamalarni yo‘nish, qirqish va rezba qirqishda hamda tokarlik dastgohlarining bikrligi, aniqligi va yuklanishlarning tahlillarini bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  2. Tokarlik SQB 0619 dastgohi Tokarlik dastgohlarini geometrik noaniqligini va bikrligini aniqlashda hamda tayyorlamalarga mexanik ishlov berish aniqligini o‘rganishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  3. Parmalash D65001 dastgohi Tayyorlamalarga teshik qirqish, va rezba qirqishda hamda parmalash dastgohlarining bikrligi, aniqligi va yuklanishlarning tahlillarini bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  4. Parmalash ZNX13 dastgohi Parmalash dastgohlarini geometrik noaniqligini va bikrligini aniqlashda hamda tayyorlamalarga mexanik ishlov berish aniqligini o‘rganishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  5. Gorizontal frezalash dastgohi Yassi yuzali tayyorlamalarni frezalash, shponka ariqlarini ochish va tish qirqishda hamda frezalash dastgohlarining bikrligi, aniqligi va yuklanishlarning tahlillarini bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  6. Jilvirlash BG83502 dastgohi Mexanik ishlov berilgan yuzalarni jilvirlash, pardozlash, jilolash va o‘lchamga keltirishda va dastgohga tushadigan yuklanishlarning tahlillarini bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  7. Vertikal parmalash dastgohi Parmalash dastgohlarini geometrik noaniqligini va bikrligini aniqlashda hamda tayyorlamalarga mexanik ishlov berish aniqligini o‘rganishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  8. Tokarlik Speed jihozi tokarlik operatsiyalarida kesish tezligini tahlil qilish uchun ishlatiladi.

9. Mufel pechi Yuqori haroratda eruvchi elementlarni qizdirish uchun qo‘llaniladi.

Ekologiya va atrof muxit muxofazasi xamda xayot xavfsizligi labaratoriyasi

Mazkur laboratoriya 2022 yil tashkil qilinib, laboratoriya to‘liq faoliyati uchun 1(bir) shtat birligi ajratilgan. Laboratoriyada asosan o‘quv jarayonlarida tabiiy (yer osti va yer usti), oqava va ichimlik suvlarini shuningdek tuproqlarni kimyoviy tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu laboratoriya faoliyati uchun 18 dan ortiq sinov va o‘lchov vositalari xarid qilingan.

Hozirgi kunda laboratoriya 20 dan ortiq turdagi kimyoviy tahlilarni bajarish imkoniyati mavjud.

  1. 1. V tyajnoy shkaf model: MSO-150 (Laboratoriya shkafi) (Fume HOOD) labaratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazishga mo‘ljalangan.
  2. 2. Gazoanalizator Model KR-836 atmosfera xavosidagi zararli moddalarni taxlil qilish uchun ishlatiladi

3.Sushilniy shkaf (quritish shkafi) MST-155 namunlarni quritish va qizdirish uchun foydalaniladi) Yuqori haroratda eruvchi elementlarni eritish uchun qo‘llaniladi. Namunalarni quritish va quruq qoldiq miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

  1. 4. Luksometr-Yarkometr 0 yorug‘lik darajasini o‘lchash uchun foydalaniladi.
  2. Barometr (psixoxrometr) model: DWS7106 (barometr-gigrometr-termometr) Bosim,namlik xamda issiq va sovuqni aniqlash uchun ishlatiladi.
  3. Vibrometr model: VM-6360 (sifravoy izmeritel vibratsii) tebranishlarni aniqlash uchun foydalaniladi.
  4. Shumometr model: SL-5868R Mnogofunksionaln y izmeritel shovqin darajasini aniqlash uchun foydalaniladi.

8.Anemometr Elektronniy model GM8910 (Multi anemometr (BENETEC) shamol, gaz,bosim,namlik,balandlik,xavo yunalishini ulchaydi.

  1. sifrovoy mikroskop bioblies-2209725 ko‘z ilg‘amas juda kichik zarrachalarni tekshirish uchun foydalaniladi.
  2. Termometr Elektronniy tip2 model: YET-610L xaroratni o‘lchash uchun foydalaniladi.
  3. Radiatsionn y dozimetr model MKS-15D ”snegir” ionlovchi nurlanish dozalari yoki doza bilan bilan bog‘liq kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladi.
  4. Dozimetr rentgenovskogo izluchenie model: DKG-09D ionlovchi nurlanish dozalari yoki doza bilan bilan bog‘liq kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladi.
  5. PH-metr-ionomer aniqlash asbobi PXSJ-216 F/on Mater Eritmalar tarkibida vodorod ko‘rsatkichini (rN) aniqlash uchun ishlatiladi. namunalar tarkibidagi azot birikmalarni aniqlash uchun qo‘llanilmoqda.
  6. Dazotori pipetki komplekt model: 20001010, 20001015, 20001030, tomchilar olish va quyish uchun ishlatiladi.
  7. Shtativ laboratorn y model: LS-4 jixozlarni maxkamlash va o‘rnatish uchun foydalaniladi.
  8. Mufelnaya pech TURKEY SR-VST yuqori xaroratda moddalarni qizdirish uchun foydalaniladi.
  9. Magnitnaya meshalka s nagrevatelnoy plitoy Ekstraksiya jarayoni hamda bir jinsli aralashtirish uchun ishlatiladi.
  10. Distillyator LIVAM AE-4/8 suvlarni tozalab disillangan xolatga keltirish uchun moslangan maxsus avtomatik qurilma.
  11. Ves analiticheskie XERMES ZEC-21 SR-22125917 Namunalarni massasini o‘lchash hamda gravimetrik tahlillarni bajarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
  12. Spektofotometr UV-PROFESSIONAL UV775 namunalar tarkibida og‘ir metallarni tahlil qilish hamda metallarning miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi.
  13. Voltampermetricheskiy analizator TA-LAB 0101049 oziq-ovqat, tabiiy maxsulotlar, tuproqdagi, suvdagi ishlab chiqarish maxsulotlardagi zaxarli maxsulotlarni yuqori sezuvchanlikni aniqlaydi.

Yuqorida keltirilgan uskunalar yordamida institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya tahlillarini bajarishda, shuningdek institut davlat budjeti loyihalari va shartnoma ishlarini bajarishda yuqori darajada samarali foydalanib kelinmoqda.

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »