Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari

ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari

Namangan muhandislik-texnologiya institutida  bugungi kunda 12 ta ilmiy laboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, xar bir laboratoriyalarda turli yoʻnalishlardagi doktorlik, falsafa doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar, turli yoʻnalishlardagi ilmiy loyihalar bajarib kelinmoqda.

2021-2023 yillar davomida institutda bajarilgan qiymati 12 255,0 mln.so‘m bo‘lgan 18 ta, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari hisobidan 347,2 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 7 ta loyihalar doirasida yangi 6 ta ilmiy laboratoriyalar tashkil etilgan. Institut moddiy texnik bazasi kuchaytirish borasida so‘ngi ikki yil mobaynida chet el grantlari hisobiga 3 ta 66 000 AQSh dollari qiymatidagi laboratoriya jihozlari, hamda 1,5 mlrd. so‘mlik to‘quv-yigiruv dastgohlari va zarur uskunalar o‘rnatilgan. Jahon banki grantlari asosida 11,2 mlrd. so‘mlik

6 ta laboratoriyalar jamlanmalari keltirilib o‘quv va ilmiy jarayonga tatbiq etilgan. 2023 yil davomida institutda kichik ishlab chiqarish texnoparkini tashkil etish maqsadida amaliy va startap loyihalari doirasida qiymati 1 mlrd.so‘mdan ziyod bo‘lgan laboratoriya va ishlab chiqarish jihozlari o‘rnatilgan.

Institutda faoliyat yuritayotgan ushbu ilmiy laboratoriyalarda  turli yo‘nalishlar bo‘yicha, xususan :

– Noorganik va organik moddalar kimyoviy texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Suv resurslari va mineral o‘g‘itlar tejovchi gidrogel polimerini ishlab chiqish hamda yangi turlarini sintez qilish; Mahalliy xom-ashyo (bentonit) va mikroorganizmlar asosida organo-mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish; Biostimulyatorlar va biogumos bilan boyitilgan yuqori bo‘kuvchan tabiiy gillar asosida suv resurslarini tejovchi kompozitlar yaratish; Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida  suspenziyali murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish kabi yo‘nalishlarda;

– Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi qoshidagi Ilmiy tadqiqot diagnostika markazida: Coji (dereza) dorivor o‘simligini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish, Kavar o‘simligini madaniy xolda dasht yerlarida o‘stirish va mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasini tadbiq etish, Buzin mevasidan tayyorlangan konserva mahsuloti, Funduk yong‘og‘i ko‘chatlari va mevasi maxalliy holda yetishtirish, Sabzi ildizmevasidan yosh bolalar uchun sharbat tayyorlash texnologiyasi, Zanjabil o‘simligini ko‘paytirish usullari va organik kukun tayyorlash texnologiyasi kabi yo‘nalishlarda;

– Konstruktorlik byurosida: Arrali jinning ishchi qismlarining samarali konstruksiyasini yartatish; Tolaning sifatini yaxshilash maqsadida paxta separatori konstruksiyasini takomillashtirish; Qishloq xo‘jalik ekinlari uchun agrotexnik ishlov berish mini traktor mashinasini sanoat namunasini yaratish; Don va dukkakli don urug‘larini ekish hamda agrotexnik ishlov berish mashinasini sanoat namunasini yaratish kabi yo‘nalishlarda;

 – O‘simliklarni invitro usulida ko‘paytirish ilmiy biolabo-ratoriyasida: Namangan sharoitida noyob orxideya gulini ko‘paytirish texnologiyasini yaratish yo‘nalishlarida;

– Yuqori molekular birikmalar texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Xitin-Xitozan asosida termosensorli polimerlar olish texnologiyasi kabi yo‘nalishlarda;

– Oziq-ovqat texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Meva va sabzavotlarni saqlash uchun energiyatejamkor yangi vakkum-sublimatsiyali quritish uskunasini yaratish; O‘zbek xurmosini yapon uslubida quritish texnologiyasini yaratish; Meva-sabzavotlardan biologik qiymati yuqori bo‘lgan pastila tayyorlash texnologiyasini yaratish kabi yo‘nalishlarida;

– Metrologiya va o‘zaroalmashinuvchanlik ilmiy laboratoriyasida: O‘lchov vositalarini ishlashi, qiyoslanishi va kalibrlanishini o‘rshanish, attestatsiyadan o‘tkazish tartibini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda;

– Elektrotexnika va eloktronika ilmiy laboratoriyasida: Elektrotexnika va eloktronika moslamalarini ishlashi, qiyoslanishini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda;

– Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Matbba maxsulotlarini qadoqlash, chop etish, tayyor maxsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, chop etish uchun ranglar tayyorlar va sifat ko‘rsatkichlarini tekshirish kabi yo‘nalishlarda;

– Charm va mo‘yna maxsulotlari texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida: Anor po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar olish asosida ekologik xavfsiz charm ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish kabi yo‘nalishlarda ilmiy loyihalar, doktorlik, falsafa doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »