Sirtqi ta’limga qabul

O‘qitishning sirtqi shakliga talabalikka qabul faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq:

Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlari; yoki oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida amalga oshiriladi.

Bunda:

  • Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari orqali o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
  • Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizomga 5-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »