61-Xalqaro gullar festivali doirasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan Xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi

“Chet tillarini o‘qitishda til va tarjimaning roli” mavzusidagi ushbu nufuzli forumda dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan 40 ga yaqin tilshunos olimlar va professor-o‘qituvchilar kelishdi.

Xalqaro forumni Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov kirish so‘zi bilan ochib, barcha mehmonlarni Namanganga, Xalqaro gullar festivaliga va Xalqaro ta’lim formiga yetib kelganliklari bilan muborakbod etdi.

ASHQ, Fransiya, Daniya, Portugaliya, Zambia, Rossiya, Belarussiya, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston kabi davlatlardagi tilshunos olimlar ishtirok etgan forumda nufuzli festival va anjumanlarda tarjima jarayonlarini tashkil etish, gid xizmatlari borasida fikrlar almashildi. Mazkur sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun ilmiy asoslarni yaratish masalalari ham kelishib olindi.

Translate »