Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Ege universitetidagi ta’lim yo‘nalishlari laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi

Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan Ege universitetidagi o‘rganishlarni davom ettirayotgan delegatsiyasiyamiz mazkur universitetidagi ta’lim yo‘nalishlari laboratoriyalari faoliyatini ham ko‘zdan kechirdilar.

Jumladan, Muhandislik, Charm muhandisligi, Trikotaj texnologiyasi, Tekstil muhandisligi, Kimyo texnologiya, Oziq ovqat texnologiyasi, Qishloq xo‘jaligi mashinalari laboratoriyalariga tashrif buyurilib ularning faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Muloqotlar davomida sohalar kesimidagi doktorantlarini Ege universitetidagi laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot ishlarini tajriba qismini bajarish uchun stajirovkalarga yuborish masalalari kelishib olindi.

Translate »