Mazkur tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Gʻulomjon Murodxo‘jayev va viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahat Gʻaffarovlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, institut rektori Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangani...
Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillarining Qirg‘iz-Turkiya Manas universitetidagi ilmiy stajirovkasi boshlandi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari, institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirzohid Bekmirzayev boshchiligida, ilmiy stajirovka o‘tay olish uchun Qirg‘izistonning Qirg‘iz-Turkiya Manas universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif, institutimiz va Qirg‘iziston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini yaratadi. Ilmiy stajirovka jarayonlari boshlandi, va bu tashrif kelgusidagi hamkorlik loyihalari,...
«InnoWeek 2024″da NamMTIning innovatsion yutuqlari namoyish etilmoqda
Namangan muhandislik-texnologiya instituti "InnoWeek 2024" - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida o‘zining eng ilg‘or ilmiy va innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma davomida institutimizning innovatsion yutuqlari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov institutimiz pavilyoniga tashrif buyurib, olimlarimiz tomonidan yaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif chog‘ida...
Korrupsiyaga Qarshi Birgalikda Kurashamiz
“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar va huquq-tartibot organlari vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir korrupsiya va uning jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlariga qarshi kurashish borasida keng qamrovli ma’lumot va tushunchalarni yetkazish maqsadida o‘tkazildi. Uchrashuv davomida talabalar korrupsiyaning oldini olish, unga aralashib qolish xavfi, shuningdek, qonunlarga...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida ilk bor «ROBOPOYGA-2024» musobaqasi o‘tkazildi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida o‘zgacha bir musobaqa – "ROBOPOYGA-2024" bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada institutda tahsil olayotgan ixtirochi talabalar o‘zlari yasagan innovatsion gadjet va robototexnika texnologiyalari bilan ishtirok etishdi. Talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish, yangi texnologiyalarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Musobaqani institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov kuzatib, yangi foydalanishga...
Ilmiy izlanish yo‘lidagi muhim imtihonlar boshlandi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik dasturlari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan imtihonlar boshlandi. Ushbu imtihonlar kelajakdagi olim va izlanuvchilar uchun muhim qadam bo‘lib, ilmiy yutuqlarga yetaklaydigan yo‘lda dastlabki sinovlardan biridir. Ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, ularning ta’lim sifatini oshirishdagi...
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura dasturlariga ariza topshirgan talabgorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura dasturlarida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, ilmiy izlanishlar yo‘lidan borishga bel bog‘lagan talabgorlarga omad tiladi. Uchrashuvda rektor O.Mamatkarimov sinov jarayonlarining xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash, talabgorlarning ilmiy faoliyatda erkin va samarali...
Oziq-ovqat yo’nalishi uchun yangi laboratoriya ishga tushirildi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarning bilimlarini amaliyotda sinash va mustahkamlash maqsadida “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishida yangi “Tomat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi. Ushbu zamonaviy laboratoriya joriy yilning 20-iyun kuni davlat rahbari boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan vazifalardan biri sifatida tashkil etilib, muhandislik yo‘nalishidagi ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Laboratoriya...
“Robototexnika va Mehatronika” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Robototexnika va mehatronika” yo‘nalishida eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya foydalanishga topshirildi. Ushbu markazning tashkil etilishi 20-iyun kuni davlat rahbari raisligida muhandislik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning amaliy ijrosi sifatida amalga oshirildi. Yangi markazda “Avtomatika va energetika”, “Robototexnika...
Namangan muhandislik-texnologiya institutida kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan futbol musobaqasi tashkil etildi.
11-noyabr – Kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, barcha jamoalarga omad tiladi. Ushbu musobaqa o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va institut xodimlari orasida yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi....