Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura dasturlariga ariza topshirgan talabgorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura dasturlarida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, ilmiy izlanishlar yo‘lidan borishga bel bog‘lagan talabgorlarga omad tiladi.

Uchrashuvda rektor O.Mamatkarimov sinov jarayonlarining xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash, talabgorlarning ilmiy faoliyatda erkin va samarali izlanish olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratish institutning ustuvor yo‘nalishi ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda institut rektori maslahatchisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komlaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi hamda ichki nazorat bo‘limi mas’ullari ham ishtirok etdilar. Ular jarayonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlashga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berib, talabgorlarni ochiq-oshkoralik tamoyillariga rioya etishga chaqirdilar.

Barcha talabgorlarga sinovlarda muvaffaqiyat va yangi ilmiy yutuqlar tilab qolamiz!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »