Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari “Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali”da g’oliblar safidan joy oldi

2-may sanasida boshlangan mazkur yirik festival bugun o’z ishini yakunlamoqda. Festival doirasida 7 ta tur, yaʼni Robototexnika, Kibersport, Dronreysing, 3D modellashtirish, Dronlarni loyhalashtirish va Dasturlash boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Quvonarli tomoni Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh iqtidorli talabalaridan iborat bo’lgan jamoasi “Kelajak transport texnologiyalari robototexnikasi”musobaqasida muvoffaqiyatli ishtirok etdi hamda faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Aytish kerakki, ushbu musobaqada ishtirok etish uchun iqtidorli talabalar tomonidan institut tarixida ilk bor umumiy og’irligi 45 kg bo’lgan, 80-100 kg yukni ko’tara oladigan robot-mashina ixtiro qilindi va ushbu ixtiro Mudofaa sanoati sohasi vakillarining katta qiziqishiga sabab bo’ldi.

Translate »