Inson aziz, xotira muqaddas…

9-may – Xotira va qadrlash kuni! Namangan viloyati markazidagi “Xotira xiyoboni”ga viloyatning barcha soha vakillari jam boʻlishdi.

Namangan viloya0ti hokimi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektori rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov kirib keldi.

Ikkinchi jahon urushi qurbonlari hamda xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi.

Shundan soʻng viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqarmalari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, taʼlim muassasalari va yoshlar jamoalari harbiy orkestr sadolari ostida xiyobonda joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻydilar.

Shu oʻrinda NamMTI birinchi prorektori boshchiligda institut jamoasi ham qahramon ota-bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilib, gʻalabani taʼminlashga munosib hissa qoʻshgan mard va olijanob yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatdilar.

Translate »