Iqtidorli yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish bilan birga ko‘nikma va malakasini oshirish, ularga amaliy ko’maklashish maqsadida Kimyo-texnologiya fakultetida bugungi kunga qadar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish uchun ro’yhatdan o’tgan 32 nafar talabalar uchun o’quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda talabalarning yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha g‘oya va loyihalari tahlil etilib, ularga tegishli maslahat va takliflar bildirib o`tildi.
Ma’lumot o’rnida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi 1-bosqich fevral-mart oylarida tumanlarda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tumandan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanma oladi.

Translate »