“Quvnoq startlar” sport estafetasi o’tkazildi

Namagan muhandislik-texnologiya instituti talaba-qizlari oʻrtasida, institut “Umid” sport klubi bilan hamkorlikda “Quvnoq startlar” nomli o’yinlar estafetasi oʻtkazildi.

Musobaqada talaba-qizlar sportning to’siqlar orasidan oʻtib, to’pni savatga tashlash, arqon tortish hamda sardorlar bahsi turlari boʻyicha oʻzaro bellashdi.

So’nggi natijalarga koʻra, 1-o’rinni Kimyo texnologiya fakulteti, 2-o’rinni Muhandislik-texnologiya fakulteti, 3-o’rinni esa Iqtisodiyot fakulteti talaba qizlari qo’lga kiritdilar. G’oliblar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

NamMTI Axborot xizmati

Kanalga ulanish @nammtiuz

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Translate »