2023/2024 o’quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 5-dekabrdagi 03/29-3506-sonli topshiriq xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2023-yil 21-sentabrdagi 56-13-son bayoni (VM-1042-son, 21.09.2023y.) qarorining 13-bandiga muvofiq, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024 o’quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri etib belgilandi.

Translate »