Institutimizda o‘tkazilgan onlayn fan olimpiadalari va onlayn tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida qishki taʼtil vaqtida talaba-yoshlarni boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida oʼtkazilgan onlayn fan olimpiadalari hamda turli yoʼnalishlar boʼyicha o‘tkazilgan koʼrik-tanlovlar gʼoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Unda 9 ta fan olimpiadasi boʼyicha 27 nafar, 5 ta yoʼnalish boʼyicha tanlovlarda 15 nafar jami 42 nafar gʼoliblar e’tirof etildi.

Aytish kerakki, fan olimpiadalari va tanlovlarda 1-oʼrin uchun eng kam stipendiyaning 3 barobari, 2-oʼrin uchun eng kam stipendiyaning 2 barobari, 3-oʼrin uchun eng kam stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofotlari ajratilgan va o‘z egalariga taqdim qilindi.

Shuningdek, 4 nafar nufuzli davlat stipendiyasi va nomdor stipendiya sohiblari ham ragʼbatlantirildi.

Translate »