Institutimiz delegatsiyasi Samarqandga yo‘l olmoqda

8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti jamoasida mehnat qilayotgan xodimalar Samarqand shahriga jo‘nab ketmoqdalar.

Jamoa a’zolarini bayram bilan tabriklash va kuzatib qo‘yish uchun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Namangan temiryo‘l vokzaliga keldi.

Jamoamiz ayollariga sihat-salomatlik, oq yo‘l hamda mazmunli sayohat o‘tkazishlari tilandi.

Translate »