O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati
21.03.2018

Assalom Navro`z!

Assalom Navro`z!

Institutimizda 2018 yil 19 mart kuni Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kunimiz Navro’z bo’lsin” shiori ostida institut ishchi xodimlari va professor-o’qituvchilari ishtirokida bayram sayli o’tkazildi. Bayram dasturini institut mehnat faxriysi Xamitxon Isaxanov kirish so’zi bilan ochib berdi va bayram qatnashchilarini 21 mart Navro’z bayrami bilan tabriklab, o’z tilaklarini bildirdi.

Institutimizda 2018 yil 19 mart kuni Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kunimiz Navro’z bo’lsin” shiori ostida institut ishchi xodimlari va professor-o’qituvchilari ishtirokida bayram sayli o’tkazildi. Bayram dasturini institut mehnat faxriysi Xamitxon Isaxanov kirish so’zi bilan ochib berdi va bayram qatnashchilarini 21 mart Navro’z bayrami bilan tabriklab, o’z tilaklarini bildirdi. Shundan so’ng kuy qo’shiqlar yangrab bayram dasturi davom etdi. Bayram davomida institut rektori O.Mamatkarimov so’z olib yangilanish va yasharish bayrami bo’lgan “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan barcha ishchi-xodimlarni va professor-o’qituvchilarni tabrikladi. O’z so’zida davom etib institut mehnat jamoasi say harakatlari bilan viloyatdagi 3ta oliy ta’lim muassasalaridan bizning institutga xalqaro hamjamiyatdagi o’rnini e’tirof etish o’rinli shu o’rinda institutda olib borilayotgan xalqaro hamkorlikni e’tirof etib yaqinda kelgan Qirg’iziston respublikasi Jalolabod viloyati delegatsiyasi kutib olish va ularga institut salohiyatini ko’rsatishda jonbozlik ko’rsatgan bir guruh professor-o’qituvchilarga minnatdorchilik bildirib faxriy yorliq bilan taqdirladilar, rektor so’zida bunday hamkorliklar kelgusi yillarda yanada rivojlanishini gapirib bundanda mehnat jamoasiga kuch-quvvat, ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so’ng “Yengil sanoat texnologiyasi” fakulteti professor-o’qituvchisi Mirzabayev Baxriddin, hamda “Muhandislik texnologiyasi” fakulteti professor-o’qituvchisi Boymirzayev Azamatjonlarning 60 yillik yubileylari bilan tabrikladi va institut ma’muriyati shuningdek fakultet esdalik sovg’alari bilan taqdirladilar. Bayramda barcha fakultetlar, kafedralar va bo’limlar o’zlarining bahoriy taomlari bilan dasturxon bezadilar va bezatilgan dasturxonlarda bahoriy taomlar o’rtasida musobaqa o’tkazildi. Bayram davomida milliy sport o’yinlari o’tkazildi. Sport o’yinlaridan tosh ko’tarish, arqon tortish kabi o’yinlar o’tkazilib tosh ko’tarish musobaqasida 15 kishidan iborat qatnashchilar orasida “Kimyo texnologiya” fakulteti dekani A.Mamaxanov g’olib chiqdi. Arqon tortish o’yinida ishtirokchilar soni 5 nafardan iborat bo’lgan jami 4 ta guruh orasida “Yengil sanoat texnologiyasi” fakulteti g’olib chiqdilar. Bayram kayfiyati davom etib maydonga o’yin kulgu avjida sho’h kuy navolar yangradi. Shuning bilan 21 mart Navro’z umumxalq bayrami sayli yana bir kunni tamomladi...

1.jpg