Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari Moʻynoqda ko’chat ekdilar

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Orolni qutqarish” boʻyicha tashabbus umummilliy harakatga aylanib ulgurdi. Koʻplab yurdoshlarimiz bugun ekologiyamizni asrab-avaylash uchun Orol dengizining choʻl hududlarida koʻchat ekmoqdalar.

Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh iqtidorli talabalari va professor-o’qituvchilaridan iborat jamoasi ham Prezidentimiz tashabbusini qoʻllab-quvvatlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida boʻldilar.

“Yashil makon” ummummilliy loyihasi doirasida Institut huzurida tashkil etilgan “Yashil makon volontyorlari” guruhi tomonidan hududning iqlimiga mos keladigan jiyda, saksovul ko‘chati va uning urug‘lari ekildi.

Translate »