Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Namangan muhandislik-texnologiya institutida

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov dastlab “Talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti” faoliyati bilan tanishdi. institutda yangi joriy qilingan “Professor oʻqituvchilar faoliyatini samaradorligini baholash tizimi” — KPI platformasining ishlash prinsipi bilan tanishib, amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi.

Q.Sharipov talabalar tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlari koʻrgazmasidan oʻrin olgan laboratoriya ishlanmalari, oziq-ovqat va konserva mahsulotlari, shuningdek, trikotaj hamda kiyim-kechaklar koʻzdan kechirib, ushbu faoliyatni qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidladi.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, qadoqlash, meteorologiya standartlashtirish, charm buyumlari texnologiyasi, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish, mashinasozlik kabi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya xonalari koʻzdan kechirildi.

Tashrif davomida mehmonlar “Ustozlar bogʻi”ga ko’chat ekdilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6597

👉 На русском

👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Translate »