TALABALARGA BЕRILAYOTGAN E’TIBOR: SHAROIT VA IMKONIYATLAR KO‘LAMI TOBORA KЕNGAYMOQDA

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov 1-sonli talabalar turar-joyida bir kecha qolib, yoshlarning yashash sharoitini o‘rgandi.

Institut rektori dastlab, kibersport bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqa jarayonlari bilan yaqindan tanishdi va bellashuv ishtirokchilariga omad tiladi.

Shuningdek rektor “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati bilan tanishib, guruh a’zolari bilan yaqindan suhbat qurdi va posbonlarga institut hududi va talabalar turar joyidagi tartibni saqlash, talabalarni nazorat qilish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.

Shundan so’ng rektor oshxona faoliyati bilan tanishib, kechki ovqat uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar bilan suhbatlashdi. Ularga oshxona jihozlaridan unumli foydalanish, tozalikni va tartibni saqlash, gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Yangi tashkil etilgan sartaroshxona faoliyatini o’rganish davomida rektor sartaroshlik hunariga ega bo‘lgan talabalarga o‘z tajribasini xonadoshlari va boshqa yigitlarga o‘rgatish zarurligini aytib o‘tdi. Zero, «Yigit kishiga qirq xunar ham oz», – deya ta’kidladi Odiljon Mamatkarimov.

Rektor talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. Xususan, talabalar turar joyidagi ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport to‘garaklarini birma-bir ko‘zdan kechirib, talabalar istiqomat qilayotgan xonalarda ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.

Tikuvchilik xonasida yaratilgan sharoitlardan chevarchilik bilan shug‘ullanuvchi talaba-qizlar mamnun ekanligini bildirdilar.

Odiljon Mamatkarimov talabalar turar joyidagi talaba yigitlar uchun yaratilgan sharoitlarni ham o‘rganib, yoshlar bilan samimiy va do‘stona muloqot o‘tkazdi. Mavjud sharoitlar va kamchiliklar o‘rganildi. Shundan so‘ng, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport to‘garaklari birma-bir ko‘zdan kechirdi.

To‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishish vaqtida institut rektori yoshlar bilan shaxmat va shashka musobaqasida ishtirok etdi.
Institut rektori va talaba o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bellashuvi juda qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi. Bellashuvda g‘olib bo‘lgan Odiljon Mamatkarimov yoshlarga shaxmatda raqibni qanday mag‘lub etish sirlarini o‘rgatdi.

1-sonli talabalar turar joyi sport maydonida o‘tkazilayotgan voleybol musobaqasi rektor e’tiboridan chetda qolmadi. Odiljon Mamatkarimov yoshlar bilan bir safda bellashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, rektor stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ham qatnashib, yoshlarga o‘rnak bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Odiljon Mamatkarimov «Street work out» maydonchasida mashg‘ulot olib borayotgan yoshlar bilan suhbat qildi. Ta’kidlash joizki mazkur sport jihozlari Namangan muhandislik-texnologiya institutiga Vengriya davlatidan grand asosida keltirilgan bo‘lib, jahon standartlariga to‘la javob beradi. Sportsevar yigitlar bu kabi zamonaviy sharoitlar yaratilganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
O‘rganish jarayonlarida instituti rektori talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda institut birinchi prorektori Marufjon Qayumov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi O.Xusanova talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar va yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

Muloqot davomida rektor yotoqxonada yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni, darsdan so‘nggi vaqtlarni mazmunli o‘tishi, tashkil etilgan klub va to‘garaklarning ish faoliyati to‘g‘risida yoshlarning fikri bilan qiziqdi.

O‘z navbatida, talabalar tomonidan bir nechta istiqbolli takliflar bildirildi. Uchrashuv so‘ngida rektor yoshlarning o‘qish va izlanishlarida ulkan omad tiladi.

Institut rektori tun davomida talabalar turar joyida navbatchilik olib borayotgan mas’ullar bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning ish faoliyati taftishdan o‘tkazilib, ichki nazoratni yanada kuchaytirish borasida kerakli tavsiyalar berildi.

Instut rektori talabalar turar joyida bir kecha qolishi, yoshlarda katt taassurot qoldirdi, zero, shu orqali o‘g‘il-qizlar yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, talabalarning bilim olishiga berilayotgan e’tibor, yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarni qalban his etdilar.

Translate »