Avtomatika va energetika fakultetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Davlat tili – milliy iftixorimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda o‘zbek tilining jamiyatimizdagi o‘rni, uning milliy g‘ururimiz sifatidagi ahamiyati va yoshlar orasida tilni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilini asrab-avaylash, uning ravnaqi uchun yoshlarga mas’uliyatni his qilish zarurligi borasida o‘z tavsiyalarini berishdi. Ular, shuningdek, tilni rivojlantirish va uni kelgusi avlodlarga to‘liq, boy merosi bilan yetkazishning muhimligi haqida to‘xtaldilar.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar ona tilimizning davlat tili sifatidagi maqomini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozimligi xulosa qilindi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodda tilimizga bo‘lgan hurmatni oshirish va uni asrab-avaylashga bo‘lgan mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.