“Maxsus fanlarni o’qitishda zamonvaiy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi o’tkazildi

2024 yilning 26-mart kuni Pop tumanidagi 3-son kasb-hunar maktabiga Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Umumtexnika fanlari” kafedrasi professor-o’qituvchilari: kafedra mudiri dotsent B. Aliyev, dotsent P.Maxsudov, v.b.dotsent, Z.Jumanazarovalar mazkur kasb-hunar maktabiga o’zaro hamkorlik shartnomasi asosida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida institut professor-o’qituvchilari tomonidan kasb-xunar maktabiniing kasbiy fanlar o’qituvchilariga “Maxsus fanlarni o’qitishda zamonvaiy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi o’tkazildi. Mahorat darsi bo’yicha  umumkasbiy va kasbiy fanlar o’qituvchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar va uslubiy tavsiyalar berildi. Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan so’nggi yilda chop etirilgan “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” nomli darslik kasb-hunar maktabi axborot resurs markaziga foydalanish uchun topshirildi. Shuningdek, ushbu kasb-hunar maktabini 2023-2024 o’quv yilida bitiruvchi o’quvchilarini Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta’limni davom ettirish uchun targ’ibot-tashfiqot ishlarini olib borildi, ta’lim muassasasidagi mutaxassisliklar bo’yicha namunaviy va ishchi o’quv rejalari bilan tanishib kelgusida kafedra professor o’qituvchilari bilan o’quv fanlari bo’yicha birgalikda uslubiy hamkorlik ishlarini rejalashtirishga kelishib olindi.

Tashrif davomidagi jarayonlardan foto lavhalar.

Kasb-hunar maktabi direktori:      G.G’. Boyboboeva

Translate »