Namangan muhandislik-texnologiya institutida haftaning har payshanba kuni “Milliy liboslar kuni” deb e’lon qilinadi!

DIQQAT E’LON

Namangan muhandislik-texnologiya institutida haftaning har payshanba kuni “Milliy liboslar kuni” deb e’lon qilinadi!

Xalqimizning asrlar davomida shakllangan bebaho qadriyatlari, milliy an’analari va liboslarga nisbatan mehr uyg‘otish, milliy kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida institutda haftaning har payshanba kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

Institutning barcha professor-o’qituvchi, ishchi-xodim va talabalari xalqimizning qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan atlas va adras kabi takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarda kelishlari kerak.

Institutimizning Navroʻz saylidagi ishtirokidan foto lavhalar

Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” bogʻida Navroʻz saylida Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan maxsus koʻrgazma tashkil etildi.

Professor-o’qituvchi va talabalar Navro’z sayliga kelgan mehmonlarni milliy xalq laparlari, kuy qo‘shiqlari bilan ko’tarinki kayfiyatda kutib oldilar. Milliy ko’rgazmalar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ayolga bo‘lgan e’tibor jamiyatga bo‘lgan etibor  Namangan muhandislik-texnologiya institutida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” o’zgacha tayyorgarlik va tantanavorlik bilan nishonlandi. “Sen baribir muqaddassan ayol” nomli konsert dasturi Alisher Navoiy nomidagi davlat musiqali drama teatrida tashkil etildi. bayram tadbirida institut rahbariyati, barcha fakultet va kafedralarning xotin-qizlari va talabalari ishtirok etdilar. O‘z faolligi bilan jamoadoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ayol xodimalar institut rahbariyatining bayram sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Translate »