Obodlik – fayzu baraka va yaratuvchanlik timsoli

Bahor kirib kelishi bilan yurtimizning barcha hududlarida yurt obodligi va farovonligi yo‘lida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Hamjihatlik, mehr-oqibat timsoli bo‘lgan ozodalik, mahallalar, ko‘cha-ko‘ylarni obod etish, atrof-muhitning sarishtaligini ta’minlash xalqimizga xos bo‘lgan an’analardandir.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham uyushqoqlik va ko‘tarinki kayfiyatda obodonlashtirish va ko’chat ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bunda 50 tupga yaqin mevali va manzalari nihollarni ekish ishlari amalga oshirildi. Atrof muhit obodonlashtirilib daraxtlarga shakllar berildi, gullar chopilib parvarishlandi.

Institutimizda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Translate »