“MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” Respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar www.vorislar.uz sayti orqali 15 fevral kuniga qadar ro`yxatdan o’tishlari mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot:
+998 97 411 93 54

Translate »