Namangan muhandislik-texnologiya instituti Anadolu Universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Turkiya Respublikasining Izmir shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ta’lim forumi davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Turkiyaning yirik universitetlaridan biri hisoblangan Anadolu universiteti rektori Prof. Dr. Fuat Erdal bilan ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzoq yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Anadolu universiteti 1958-yilda tashkil etilgan, u nafaqat Turkiyaning, balki dunyoning eng yirik universitetlari orasida zamonaviy, dinamik va innovatsion muassasa sifatida munosib o‘rin egallaydi.

Universitetda 25 000 dan ortiq talaba tahsil oladi, shu jumladan 4 000 nafari xorijliklar. Universitet 30 yildan ortiq vaqt davomida nafaqat Turkiyada, balki Gʻarbiy Yevropada ham ta’lim berib kelmoqda. 2006-yilda Anadolu universiteti Turkiyada Yevropa kredit tizimini (ECTS) ishga tushirgan birinchi universitetlardan biri bo‘ldi.

Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, professor-o‘qituvchilarimiz mazkur universitetda stajirovka o‘tashlari, talabalarimiz esa akademik mobillik dasturlarida qatnashishlari, doktorant va tadqiqodchilarimiz esa hamkorlikda ilmiy faoliyat olib borishlari mumkin bo‘ladi.

Translate »