Namangan viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda

Ayni daqiqalarda Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida Namangan viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Sanoat yarmarkasi ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov nutq so‘zlab bu kabi yirik yarmarkalar har yili gullar festivali doirasida an’anaviy o‘tkazilishini taakidlab o‘tdi.

1000 dan ortiq tadbirkorlar, 350 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etayotgan yarmarkada Namangan muhandislik-texnologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan ixtitirolar, ishlanmalarning ham taqdimoti o‘tkazilmoqda.

Translate »