Turkiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov xalqaro qabullar zalida Turkiyaning Sakarya universiteti professori Dr.Hakan Gullerni qabul qildi.

Rasmiy muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarini hamkorlikda tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro almashinuv dasturlarini joriy etish, o‘quv va ilmiy faoliyat bo‘yicha erishilgan natijalar yuzasidan tajribalar almashish borasida fikrlar ilgari surildi.

Muloqot davomida mehmon Namangan muhandislik-texnologiya institutida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholab, qabul uchun institut rektoriga minnatdorchilik izhor qildi.

Yakunda institut rahbariyati va Sakarya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Translate »