Avtomatika va energetika fakultetida bayram shodiyonalari!

Bugun yurtimizning barcha hududlarida, mahallalarda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab, milliy urf-odatlarimiz va anʼanalarimizni ifodalovchi marosimlarga boy boʻlgan sayllar oʻtkazilmoqda.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida davom etayotgan bayram sayllari ham chin ma’noda katta tantanalarga aylanmoqda. Bugun esa institutning Avtomatika va energetika fakultetida ham Navroʻz sayli o‘tkazildi.

Saylda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari hamda professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda institut rektori Odiljon Mamatkarimov mehnat jamoasi va talaba yoshlarni Navro‘zi olam bilan samimiy tabrikladi.

Sayl doirasida bahoriy va milliy taomlar koʻrgazmasi, Tosh koʻtarish va Arqon tortish musobaqalari oʻtkazildi.

Translate »