Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari diqqatiga!

Namangan Muhandislik texnologiya instituti

2021-2022  o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni ishga taqsimlashga

kirishganligini ma’lum qiladi.

Joriy yilda institutni tamomlayotgan bitiruvchilarga turli korxona va tashkilotlardan buyurtmalar kelib tushgan. Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda Respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida institut tomonidan buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda. Institutni tamomlayotgan kadrlarga ehtiyoji mavjud korxona rahbarlari talabnoma va so‘rov xati bilan institut rektoratiga murojaat etishlari mumkin. Talabnomada buyurtmachining rekvizitlari(pochta manzili, telefon) hamda taklif etilayotgan lavozim to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

Bitiruvchilar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan institut veb-sayti( http//tfi.uz ) da “Bitiruvchilar” bo‘limida tanishish mumkin.

Sizning e’tiboringizga yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni ilova qilamiz.

Translate »