AHOLINI RO’YXATGA OLISH HAR O’N YILDA O’TKAZILADI

Davlatimiz rahbari tomonidan “Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni imzolangan. Mazkur Qonun, aholini ro’yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O’zbekiston tarixidan o’rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo’q edi. Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olishni o’tkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro’yxatga olishni o’tkazish bo’yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Qonun beshta bob va o’ttiz bir moddadan iborat bo’lib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro’yxatga olishning vazifalari va printsiplari yoritib berilgan. Asosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, ya’ni aholini ro’yxatga olish o’n yilda kamida bir marta o’tkazilishi hamda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish to’g’risidagi qaror, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qo’yilgan. Aholini ro’yxatga olish jarayonida, shaxsga doir ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatga olish varaqlari asosida har bir respondent uchun yakka tartibda to’ldiriladi, ya’ni ro’yxatga oluvchi shaxslar tomonidan uymauy yurib, har bir respondent uchun alohida to’ldiriladi.

Translate »