Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov institutning 1-bosqich magistrantlari bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida yaqinda davlatimiz rahbari raisligida jamiyatimizda xotin-qizlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, aynan magistratura bosqichida ta’lim olayotgan qizlarga qaratilayotgan e’tibor borasida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, talaba-yoshlar va magistlar bandligini ta’minlash borasida institutda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar va ularning moxiyati, o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan, ilm-fan sirlarini chuqur o‘rganishga bel bog‘lagan yoshlarni institutdagi bo‘sh lavozimlarga ishga qabul qilish borasidagi imkoniyatlar haqida ham tushunchalar berildi.

Translate »