Islom Karimov: Menga qolsa, yadroviy urush bilan tahdid qilganlarni jazoga tortar edim

“Ikkinchi jahon urushidan so‘ng insoniyat tarixida yana shunday urushga yo‘l qo‘yish mumkinligi haqida odamlar hatto o‘ylashga ham qo‘rqar edi.

Bu dahshatli urushda hammasi bo‘lib 50 million, sobiq Ittifoq hududidan 27 million kishi qurbon bo‘ldi. Tasavvur qilayapsizmi, 50 million kishi! Takror aytaman, ilgari bunday urushning qaytarilishi haqida hech kim o‘ylamas, gapirmas edi.

Bugun esa ko‘pgina siyosatchilar, yuqori lavozimda o‘tirgan rahbarlar va jurnalistlar yadroviy urush bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida bemalol gapirmoqda. Uchinchi jahon urushi bo‘ladimi, degan savolni bamaylixotir muhokama qilmoqda.

Menga qolsa, yadroviy urush bilan tahdid qilganlarni/gapirganlarni jazoga tortar edim”.

2016 yil, iyun. ShHT sammiti.

Manbaa: https://t.me/xushnudbek

Translate »