O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda mustaqillik yillarida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish tartiblaridan xabardormisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qaroriga muvofiq 2023 yil 1-25 noyabr kunlari aholini ro‘yxatga olish belgilab o‘tilgan.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Qonun ishlab chiqildi. Ushbu Qonunda aholini ro‘yxatga olish tartiblari belgilangan bo‘lib, Jumladan;

-O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishda respondentlarning huquq va majburiyatlari-o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadda yig‘ilayotganligini, ushbu ma’lumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilish;

– o‘zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, ro‘yxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;

– ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob bermaslik;

-ro‘yxatga olish varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega.

 Ushbu tadbir orqali eng avvalo Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari uchun muhim ma’lumotlar tayyorlanadib Jumladan;

 -Aholini aniq soni

 -Yoshga doir ma’lumotlarga asosan, 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarimizni bog‘chalarga jalb qilishiimiz, ular uchun yetarli sharoitga ega bo‘lgan, o‘zlariga yaqin hududlarga bog‘chalar qurish uchun aniq ma’lumotlar shakllantirishga

 -Aholi bandligi ma’lumotlariga asosan esa fuqarolarimizning ish bilnad ta’minlash uchun korxonalar, kichik sanoat zonalari tashkil etish, ularga bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda mehnat haq to‘lash tizimini takomillashtirish, migratsiya ko‘rsatkichlarini pasaytirgan holda o‘zimizda ish o‘rinlari yaratishga

 – Aholi salomatligini hamda ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida hududlarda shifoxonalar va oliy o‘quv yurtlari, maktablar qurilishiga

 – Mahallalarning infratuzilma sharoitlarini yaxshilash, joylarda asfaltlash, elektrlashtirish, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortilishi hamda internet tarmoqlarini yaxshilashga

 -Xonadonlarda yashab kelayotgan oilalar sonidan kelib chiqqan holda ularning uy joylarga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida, maqsadli dasturlar ishlab chiqqan holda ularga qulay narxlarda uy-joy bilan ta’minlashga

 -Mahallalarda istiqomat qilib kelayotgan yoshlar, xotin-qizlar, ish bilan band aholi, keksalar soni hamda ushbu mahallaning pasport ma’lumotlari shakllantiriladi.

 Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘ling!!!

Translate »