Institut Uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti majlislar zalida institut Uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilish davomida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hamda darsliklarning taqdimoti o‘tkazildi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan 50 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar kengash tomonidan tasdiqlanib, amaliyotga tadbiq etish borasidagi harakatlar boshlandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida yozilayotgan qo‘llanmalarga qo‘yilgan talablar yana bir bora tushintirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Translate »