Turkiyalik Gul mutaxassislari Namangan muhandislik texnologiya-institutida

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyasi fakulteti Manzarali bog‘dorchilik kafedrasi yana bir xalqaro tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

Gap shundaki, Turkiya Respublikasidagi “Gul etishtirish va lanshaft dizayni” kompaniyasi mutaxassisalari endi gul yetishtirish va ularnining plantatsiyalarini tashkil etish jarayonini ilmiy tomondan o‘rganishda Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladilar.

Mazkur kompaniya vakillari Erdal Ayyildiz hamda Akdeniz Ayyildizlar institutda yaratilgan sharoitlar, o‘rganilayotgan gul navlari va ushbu yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar bilan yaqindan tanishib, yosh mutaxassislarga kichik maxorat darsini ham o‘tib berishdi.

Yaqin kunlarda bir guruh professor-o‘qituvchilar Turkiyadagi mazkur kompaniyada stajirovka o‘tashlari rejalashtirilgan.

Translate »