Biz yoshlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshimiz!

Namangan muhandislik-texnologiya instituti majlislar zalida Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari, Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasi hodimlari ishtirokida “Biz yoshlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari va ularni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi.

Davra suhbatida institutning Iqtisodiyot hamda Muhandislik-texnologiya fakulteti talaba-yoshlari va tyutorlari ishtirok etishdi.

Translate »