«YOUNG ENTREPRENEURS GENERATOR» («YE GENERATOR») BIZNES-INKUBATORI

Institut talabalariga, magistrantlariga, doktorantlariga va yosh tadbirkorlarga o’z bizneslarini yaratish, yo’lga qo’yish va rivojlantirishda ko’maklashish maqsadida master klass tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: Bu biznes-inkubator yangi korxona uchun qulay sharoitlar yaratib beruvchi va ish boshlash uchun kerakli bo’lgan joy, ofis texnikasi, buxgalter, konsultant, huquqshunos, auditor, marketologlarning xizmatlari bilan ta’minlab beruvchi tashkilotdir. Biznes-inkubatorlar loyihalarni moliyalashtirishda yordam berib, biznesning oyoqqa turib olishi uchun imkoniyat yaratadi. Yangi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash natijasida biznes-inkubatorlar yangi korxonalar va ish o’rinlarini yaratish bilan bevosita shug’ullanadi.

Dastlabki bosqichda talabalarning g’oyalaridan tayyor biznes-reja shakllantiriladi. O’qitish, mentorlik orqali va malakali mutaxassislarning ko’magida yoshlar o’z loyihalarini ro’yobga chiqara boshlaydilar. Biznes-inkubatorda mamlakatimiz va xorijda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan doimiy uchrashuvlar tashkil qilinadi. Yakunlangan va bozorga chiqish uchun tayyor bo’lgan biznes loyihalar mahalliy hamda xorijiy investorlarga namoyish etiladi va sarmoya jalb etiladi.

Tadbir tasdiqlangan reja asosida o‘tkaziladi:

MilliyFX – 40 daqiqa asosiy qism + 20 daqiqa yakunlash va savol/javoblar uchun

SherLegal – 40 daqiqa

MilliyFX

– Kirish qismi (MilliyFX kompaniyasi asoschisining motivatsion nutqi)

– Asosiy qism (“Bozor asoslari” mavzusi bo‘yicha mentor master-klassi, qanday boshlash haqida so‘zlab beramiz)

– Ta’lim jarayoni (“Milliy FX” kompaniyasi ta’lim bo‘limi rahbaridan ta’lim jarayoni haqida batafsil ma’lumot)

– Xizmatlarimiz o‘yini hamda pulli sovrinlar (pul sovrinlari sertifikat ko‘rinishida taqdim etilib, uni bizning ofisimizda almashtirish mumkin, bunday sertifikatni “Bozor asoslari” mavzusi bo‘yicha savollarga javob berib yutish mumkin) 

SherLegal

– Nima uchun o‘z huquqlarimizni bilishimiz darkor?

– Huquqlaringiz buzilgan holda qanday yo‘l tutish darkor?

– Huquqqa kirish

– Malakali huquqshunos bo‘lish uchun nima qilish zarur?

– Muvaffaqiyatli huquqshunos bo‘lish uchun nima qilish zarur?

14:00 da NamMTI faollar zalida bo’lib o’tadi.

Translate »