TA’LIM SOHASIDAGI IZLANISHLAR AMALIYOTGA!

Davlatimiz professional ta’lim tizimi muassasalari oldiga malakali ishchilar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar qo‘ymoqda. 2020 – 2021-o‘quv yilidan boshlab yangi – boshlang‘ich (kasb-hunar maktabi), o‘rta (kollej) va o‘rta maxsus (texnikum) professional ta’lim muassasalari tashkil etildi.

Yangi turdagi professional ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan kasblari bo‘yicha yetarli bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan professional ta’limi o‘qituvchilarining metodik tayyorlik darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Oliy ta’lim muassasalarining professional ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olishi jarayonida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining metodik faoliyatini shakllantirishning shakl hamda metodlarini takomillashtirish muammosi hozirgi kunda ham alohida dolzarblik kasb etadi. Shu sababli bu sohada keng ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi doktoranti Maxsudov P.M. “Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisini metodik faoliyatga tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi tadqiqotlari doirasida tajriba-sinov ishlari Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham olib borildi.

Translate »