Namangan viloyati hokimi o’rinbosari Namangan muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat hokimi o'rinbosari G'ulomjon Murodxo'jayev o‘quv jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, institut jamoasining tayyorgarlik borasidagi mehnatini yuqori baholadi. Hokim o‘rinbosari institutning 1- va 2-sonli talabalar turar joylariga ham tashrif buyurib, u yerdagi zamonaviy sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdi. Ushbu turar joylar talabalar uchun qulay yashash va...

Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kafedrasining O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazidagi filialida yosh olimlar bilan muloqot o’tkazildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov va O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Davlat muassasasi Namangan filiali rahbari Mirqosim Mirzakarimovlar O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasidagi NamMTIning Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kafedrasi filialida yosh olimlar bilan muloqot o'tkazdilar. Muloqot davomida mamlakatimizda ilm-fan va texnologiyani rivojlantirish, shu jumladan,...

«Afsonalar vodiysi» bogʻida Navroʻz sayli bo’lib o’tdi

Davlatobod tumanidagi "Afsonalar vodiysi” bogʻida Navroʻz saylida Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan maxsus koʻrgazma tashkil etildi. Professor-o'qituvchi va talabalar Navro'z sayliga kelgan mehmonlarni ko'tarinki kayfiyatda kutib oldilar. Milliy ko'rgazmalar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Hindiston elchixonasi bosh konsuli Sitesh Kumar NamMTIga tashrif buyurdi

Hindiston elchixonasi bosh konsuli Sitesh Kumar hamda Hindiston madaniyat markazi vakillari boshchiligidagi delegatsiya Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institut rektori O.Mamatkarimov kutib oldi. Dastlab ikki tomonlama muzokalar olib borildi. Unda elchixona va institut oʻrtasidagi xalqaro madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, turli xorijiy loyihalarga xujjat topshirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik chora-tadbirlarini...

Obodlik — fayzu baraka va yaratuvchanlik timsoli

Bahor kirib kelishi bilan yurtimizning barcha hududlarida yurt obodligi va farovonligi yo‘lida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilmoqda. Hamjihatlik, mehr-oqibat timsoli bo‘lgan ozodalik, mahallalar, ko‘cha-ko‘ylarni obod etish, atrof-muhitning sarishtaligini ta’minlash xalqimizga xos bo‘lgan an’analardandir. Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham uyushqoqlik va ko‘tarinki kayfiyatda obodonlashtirish va ko'chat ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bunda 50 tupga yaqin...

Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bosqichlari, Aholini roʻyxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatlari va bu tadbir bizga nima beradi?

Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo davlatlar har 10 yilda aholini ro‘yxatdan oʻtkazishlari orqali aholi soni, yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turar- joyi va yashash sharoitlari kabi savollarga javob berishi kerak boʻladi. Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish ishlari keng qamrovli tadbir boʻlib, ketma-ket xamda bir vaqtning oʻzida tegishli...

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish bilan birga ko‘nikma va malakasini oshirish, ularga amaliy ko'maklashish maqsadida Kimyo-texnologiya fakultetida bugungi kunga qadar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish uchun ro'yhatdan o'tgan 32 nafar talabalar uchun o'quv-seminari tashkil etildi. Seminarda talabalarning yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha g‘oya va...

«Quvnoq startlar» sport estafetasi o’tkazildi

Namagan muhandislik-texnologiya instituti talaba-qizlari oʻrtasida, institut "Umid" sport klubi bilan hamkorlikda "Quvnoq startlar" nomli o'yinlar estafetasi oʻtkazildi. Musobaqada talaba-qizlar sportning to’siqlar orasidan oʻtib, to’pni savatga tashlash, arqon tortish hamda sardorlar bahsi turlari boʻyicha oʻzaro bellashdi. So’nggi natijalarga koʻra, 1-o'rinni Kimyo texnologiya fakulteti, 2-o'rinni Muhandislik-texnologiya fakulteti, 3-o'rinni esa Iqtisodiyot fakulteti talaba...

Bobur va Navoiy ijodiga bag’ishlandi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi va Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab “The heritage of Navoi and Babur is an incomparable spiritual treasure” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori O.Mamatkarimov kirish so‘zi bilan ochib, buyuk ajdodlarimizning shonli tarixi haqida to‘xtalib o'tdi. Shuningdek, boburshunos va...

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI TALABASI «ENG FAOL OLIMA» NOMIGA SAZOVOR BO’LDI

?? Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan jamiyatimizda iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, yangi marralar va yangi ijodiy yutuqlar sari daʼvat etish maqsadida "Balli qizlar" koʻrik tanlovida ishtirok etib, "Eng faol Olima" nominatsiyasida institutimiz talabasi Abdulboqiyeva Gulchehra gʻolib deb topildi. Iqtidorli talabamizni institutimizning fidoiy professor-oʻqituvchilari, izlanuvchan talabalari qoʻllab-quvvatlab, muvaffaqiyat...

Translate »