Markaz va bo'limlar

Tezkor havolalar

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi


MAQSUDOV ABDUSALOM NURALIYEVICH

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-17:00

Bo'lim vazifalari

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va bo‘lim o‘zining Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Institutda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning hayotga tatbiq etilishini amalga oshirish, shuningdek, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay’at va institut Kengash qarorlari, vazirlik va institut bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlar qaror va farmoyishlarini, Vazirlik va Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut Kengash qarorlari va buyruqlari ijrosining nazoratini ta’minlash hamda ularnig monitoringini olib borish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida qonuniy tomondan o‘rganish va belgilangan tartibda javob berish;
  • Murojaatlar og‘zaki, yozma yohud elektron shaklda ariza, taklif va shikoyat shaklida berilishidan qat’iy nazar qonuniy shaffoflik asosida o‘rganish olib borish;
  • Institutning rasmiy veb-sayti orqali yoki rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etish va Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etish va Vazirlar Maqkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risida nizom talablari hisobga olingan xolda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
  • Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar Qonunda hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qo‘rib chiqish;
  • kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan talab va mehnat bozorini rivojlantirish, institut moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish;
  • professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining nazoratini tashkil etib borish;
  • Namangan muhandislik-texnologiya institutida Davlat ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalarini amalga oshirish;
  • institutda ta’limning holati hamda rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va yangilab borish;
  • institutning boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, institut Kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
  • institutda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
  • institutda ijrochilik faoliyatini tahlilqilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • professor-o‘qituvchilarni yillik ichki attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • institutdagi fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘limlari faoliyatini tahlilqilish;
  • institut moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish;
  • ayrim aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

Markaz va bo'limlar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »