Qabul vaqti:
Har kuni, 15:00-17:00
Telefon:
Faks:
E-Mail:
Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot resurs markazi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g’risida»gi PQ-381 sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2006 yil 23 iyundagi 135-sonli buyrug’i ijrosini ta`minlash yuzasidan Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektorining 2006 yil 13 iyuldagi 84-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.
Axborot-resurs markazi to`la rekonstruktsiya qilinib, institut talabalari, professor-o`qituvchilar va xodimlarning mustaqil ishlashlari uchun 1338.5 M² maydonga ega. Axborot-resurs markazining umumiy fondi 24 357 nomda 149166 ming nusxada adabiyotlar fondiga ega. Jumladan:
1. Darsliklar – 1781 nomda, 24059 nusxada
2. O`quv qo`llanmalar – 2232 nomda, 35459 nusxada
3. Ilmiy adabiyotlar – 1429 nomda, 16375 nusxada;
4. Badiiy adabiyot — 10886 nomda, 33343 nusxada;
5. Boshqa adabiyotlar – 7555 nomda, 38141 nusxada;
6. Chet el adabiyotlari – 474 nomda, 1789 nusxada.
Bugungu kunda Axborot-resurs markazida jami 5 ta bolim va 3 ta shaxobcha faoliyat yuritmoqda.
Axborot-resurs markazining moddiy texnika bazasi 68 ta kompyuter jamlanmasi, 4 ta printer, 7 ta (skaner) nusxa olish apparati va boshqa orgtexnika vositalaridan foydalanib kelinmoqda. ARMda 52 ta o`rinqa mo`ljalangan, lokal va internet tarmoqlariga ulangan 3-ta kompyuter sinfi mavjud bo`lib, lokal tarmoq tezligi 100 mb/sekundni, internet tarmoqining tezligi esa 2 mb/sekundni tashkil etadi. ARM xodimlari tamonidan hozirgi kungancha 14375 ortiq nomdagi darslik va o`quv qo`llanmalarni elektron nusxalari tayyorlandi.
Institut «Talabalar turar joyi»da yashovchilar uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 67247 nusxa kitob fondiga ega bo`lgan abonement bo`limi, 14660 ta kitob fondiga ega bo`lgan 36 o`rinli o`quv zali, 12 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy kompyuterlar jamlanmasiga ega kompyuter zalida axborot kutubxona xizmati ko`rsatish yo`lga qo`yilgan.