Bugungi tinch va farovon kunlar uchun jonini fido qilgan ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga qancha hurmat va e’tibor ko’rsatilsa arziydi. Mash’um urush butun insoniyat boshiga qanchadan qancha jiddiy tashvishlarni solgan. Fashizm zulmidan aziyat chekmagan oila, xonadon qolmagan hisob. Ikkinchi jaxon urushi faxriylari xolidan xabar olish Namangan muhandislik-texnologiya instituti jamoasi uchun an’anaga aylanib bormoqda.
Shu munosabat bilan Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti jamoasi Namangan viloyati Chust tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi joxon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida faxriylar vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi qizg‘in mehnat faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi. Bugungi tinch va osuda kunlarning qadriga yetishlik va hech qachon urush bo‘lmasin, deya duolar qilindi.