100 bilan yuzlashgan otaxon suhbatidan bahramand bo‘lindi

Muhammad Ibrohim Ota 1922 yilda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Poromon qishlog‘ida tug‘ilgan. Navqiron yoshga yetganda tengdoshlari qatori yurt sarhadlarini himoya qilish uchun ikkinchi jaxon urushida mardonavor ishtirok etgan.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov 100 yosh bilan yuzlashgan Muhammad Ibrohim otani yo‘qlash uchun Poromon qishlog‘iga Muhandislik texnologiya fakulteti jamoasi bilan birgalikda bordi.

Otaxon oliy ta’lim muassasasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida urush xotiralarini esladi. Bugungi tinch kunlarga shukronalar aytdi. Yurtimiz tinchligini so‘rab duo qildi.

Translate »