Qabul vaqti:
Har kuni, 9:00-17:00
Telefon:
Faks:
E-Mail:
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va hay’ati qarorlariga, Nizomga, institutning ichki buyruqlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Bo‘lim korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga mas’uldir.
Bo‘limning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari:
Bo‘limning asosiy maqsadi institutda korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy hatti harakatlar sodir etilishini oldini olish, institut xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, institutda korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarini amalga oshiradi:
Bo‘limning huquq va majburiyatlari:
Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:Bo‘lim institutda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun vakolati doirasida taxliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish, xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida institut xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish, zarur xollarda ishchi guruhlar tashkil etish;
Institut markaziy apparati kengashining majlislari hamda Hay’at yig‘ilishlarida ishtirok etish;
Institut xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;
Institut rahbariyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
O‘z faoliyati doirasida institut tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;
Tekshiruv o‘tkazish, xujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushintirishlar olish;
Bo‘lim qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin;
Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi majburiyatlarga ega:
Qonunchilik xujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;
Institutda jinoyat alomatalri, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi tug‘risida zudlik bilan tug‘ridan-tug‘ri rahbariyatga va boshqa huqukqni muhofazaa qiluvchi organlarga xabar berish;
Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan rahbarga ma’lumotnomalar kiritish;
Bo‘lim qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.