2024-yil 10-oktyabr kunisi Namangan muhandislik-texnologiya institutining Kimyo-texnologiya fakulteti 1-kurs bosqich 1a-24; 1d-24; 9a-24; 31a-24 va 31b-24 guruh talabalari bilan targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan bo‘limning nima maqsadlarda tashkil etilgani faoliyati yuzasidan hamda institutda korrupsion holatlarga duch kelinganda, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish hamda institut nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida institutda https://t.me/NammtiKor_bot kanali hamda (99) 517-76-75 ishonch telefonlari uzluksiz faoliyat olib borishi yo‘lga qo‘yilganligini, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish xamda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muxit barqarorligini ta’minlashga doir murojaatlarni qabul qilish “Elektron quti” tashkil etilganligini bot kanalga murojaat yo‘llash, xabar berish tartibi, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida huquqiy tushunchalar berildi.
Bundan tashqari institut ichki tartib qoidalari va odob ahloq kodeksi haqida tushuntirishlar berildi. Talabalarga o‘qish davrida duch kelgan muammolari va ularni bartaraf etish yuzasidan muntazam ravishda aloqa o‘rnatgan holda birgalikda faoliyat olib borishimiz zarurligi gapirib o‘tildi.
Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i M.Zokirjonov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Maqsudovlar ishtirok etdi. Uchrashuv oxirida savollarga javoblar berildi, fikr va mulohazalar bilan almashildi.