“Korrupsiyasiz soha” bo‘yicha “Talaba-yoshlar” guruxi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

2024 yil 02 oktyabr kunisi tasdiqlangan jadvalga asosan joriy yilning
10 oktyabr kunisi Vazirlikning 2021 yil 28 iyun kungi 281 sonli “Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi  bo‘yruqning 2-bandini 2-ilovasiga asosan Namangan muxandislik-texnologiya institutida Автоматика ва энергетика fakultetida ta’xsil olayotgan “Talaba-yoshlar” klubiga jalb etilgan talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

         Suxbat davomida yoshlar kengashi faolllari ko‘magida institutdagi barcha talabalarni qamrab olish, ularni duyonqarashlarini mustaxkamlash jarayonida turli tuman ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib borish kabi vazifalar borligi yetkazildi.

           Shu maqsadda institutda talabalaridan tashkil topgan “Talaba-yoshlar” tuzish taklifi berildi. Ushbu klubni maqsadi va vazifalari tushuntirib berildi. Asosiy  maqsad, institutning barcha talabalarini ta’lim olishlarida ularni xar tomonlama saviyali va bilimli mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlari ekanligi tushuntirildi.

         Uchrashuv davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan bo‘limning nima maqsadlarda tashkil etilgani faoliyati yuzasidan hamda institutda korrupsion holatlarga duch kelinganda, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish hamda institut nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida institutda https://t.me/NammtiKor_bot kanali hamda (99) 517-76-75 ishonch telefonlari uzluksiz faoliyat olib borishi yo‘lga qo‘yilganligini, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish xamda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muxit barqarorligini ta’minlashga doir murojaatlarni qabul  qilish “Elektron quti” tashkil etilganligini bot kanalga murojaat yo‘llash, xabar berish tartibi, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida huquqiy tushunchalar berildi.

Bundan tashqari institut ichki tartib qoidalari va odob ahloq kodeksi haqida tushuntirishlar berildi. Talabalarga o‘qish davrida duch kelgan muammolari va ularni bartaraf etish yuzasidan muntazam ravishda aloqa o‘rnatgan holda birgalikda faoliyat olib borishimiz zarurligi gapirib o‘tildi.

Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i M.Zokirjonov ishtirok etdi.

Uchrashuv oxirida savollarga javoblar berildi, fikr va mulohazalar bilan almashildi.