2024-yil 09-oktyabr kunisi Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Avtomatika va energetika” fakulteti 1-kurs bosqich 18a-24, 18b-24, 18d-24, 17a-24, 19a-24, 19b-24, 30a-24 va 30b-24 guruh talabalari bilan targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.
Suhbat davomida instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Кomplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan, “Korrupsiya nima? Unga qarshi kurashishi bo‘yicha amaldagi qonunchilik va meyoriy hujjatlar” va “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini targ‘ib qilish mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Bundan tashqari institut ichki tartib qoidalari va odob ahloq kodeksi haqida tushuntirishlar berildi. Talabalarga o‘qish davrida duch kelgan muammolari va ularni bartaraf etish yuzasidan muntazam ravishda aloqa o‘rnatgan holda birgalikda faoliyat olib borishimiz zarurligi gapirib o‘tildi.
Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i M.Zokirjonov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Maqsudovlar ishtirok etdi. Uchrashuv oxirida savollarga javoblar berildi, fikr va mulohazalar bilan almashildi.