Markaz va bo'limlar

Tezkor havolalar

Devonxona

Mutaliyeva Nazira

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-17:00

Bo'lim vazifalari

Devonxona institutning asosiy boshqaruv boʼlimlaridan biridir. Devonxona hujjatlar tayyorlash qoidalari, usullari va jarayonlarini ular bilan ishlash tartibini belgilaydi. Devonxona oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlariga, institut rektorining buyruqlari, yoʼriqnomalari Namangan muxandislik texnologiya instituti Nizomiga amal qiladi. Devonxona faoliyati institut xujjatlarining xisoboti va yuritilishining talab asosida boshqa boʼlimlar bilan bevosita xamkorlikda bajarilishini tashkil etadi.

Institutda ish yuritishni yoʼlga qoʼyish va amalga oshirish, OOʼMTVdan keladigan modemnomalar, buyruqlar va Hayʼat qarorlarini toʼgʼri roʼyxatga olish va hisobini olib borishni tashkil etish, yuqori tashkilotlar, institut maʼmuriyati topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish devonxona boʼlimining asosiy vazifalariga kiradi.

Ish yuritish boʼyicha, boʼlimga kelib tushadigan farmonlar, qarorlar, buyruqlar, xatlar va boshqa xujjatlarni oʼz vaqtida, belgilangan tartibda qabul qiladi, rasmiylashtiradi va institut rahbariyati hamda uning tarkibiy qismlari, ijrochilarga yetkazadi. Institut elektron shaklda OOʼMTV va turli oliy oʼquv yurtlaridan keladigan barcha xatlar va maʼlumotlar niei_info@edu.uz portali orqali olinadi. Xujjatlar tegishli blankalarga yoziladi. Devonxonaning asosiy qoidalariga muvofiq boʼlim institutda ish yuritishga oid xizmatlar koʼrsatilishi uning aniq puxta qilinishini taʼminlashni nazorat qiladi. Institut rahbariyatiga maʼlum qilish uchun taqdim etiladigan keluvchi, olinuvchi, joʼnatiluvchi va ichki xujjatlarining oʼz vaqtida ijro etilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, farmoyish beruvchi xujjatlarni rasmiylashtirishni va joy-joyiga yuborishni, qayd etishni, saqlashni xisobga olib boradi va boʼlimlarga yetkazadi.

Keluvchi hujjatlar devonxona tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlar solingan konvertlar, shu jumladan buyurtma konvertlar ham ochiladi, shu bilan birga hujjatlar borligi tekshiriladi.

Fuqarolarning takliflari, arizalari, shikoyatlari va xatlarining koʼrib chiqish boʼyicha maxsus boʼlinmalarga beriladi.

Joʼnatiladigan hujjatlarni konvertga joylashtirishdan avval hujjatning toʼgʼri rasmiylashtirilganligi, ilovalarning borligi tekshiriladi.

Hujjatni roʼyhatdan oʼtkazish nazorat kartochka va jurnallarda roʼyxatga olinadi.

Kartochka va jurnallar roʼyhatga olishning quyidagi majburiy rekvizitlar tarkibiga ega boʼlishi kerak. Hujjatning muallifi, nomi, hujjat sanasi, indeksi, hujjat sarlavhasi yoki uning qisqacha mazmuni, rezolyutsiyasi (ijrosi, topshiriq mazmuni, muallif, sana), ijro etish muddati, ijro etilganligi xaqida belgi (masalaning hal qilish mohiyati boʼyicha qisqacha yozuv, amalda ijro etilish sanasi javob-hujjatning indeksi), yigʼmajild hisob raqami.

Hujjatlarning ijro etish muddatlari qonun xujjatlari va xukumat qonunlarini Oʼzbekiston Respublikasi qabul qilgan qonunlariga muvofiqlashtirish boʼyicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak, agar Oliy Majlis qarorida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʼlsa. Qonunlar loyihalari yuborilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari 7 kalendar kun mobaynida, qarorlar loyihalari boʼyicha 3 kalendar kun, farmoyishlarining loyihalari boʼyicha esa 2 kalendar kun buyicha xulosa berishga majburdirlar. Institut rahbarlari va professor-oʼqituvchilar, ishchi xodimlar hamda talabalar safari bilan bogʼliq boʼlgan buyruqlar va hizmat safari guvohnomalarini asosiy xujjatlar asosida tayyorlanishini, safarga kelganlarni kelib ketishini ichki Nazorat va monitoring boʼlimi bilan birgalikda nazorat qiladi. Maxsus yoʼriqnomaga muvofiq ish yuritish va umumlashtirilgan ish jurnalida aks ettiradi. Аrxivga xujjatlarni toʼgʼri rasmiylashtirishga va ularni topshirishga boʼlgan vazifalarni nazorat qiladi.

Markaz va bo'limlar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »