
Bugun institutimizda o‘zgacha bir bayramona kayfiyat hukm surdi. 2024-yilning samarali ishlari va yorqin yutuqlariga bag‘ishlangan yil yakuni tantanasi yuksak saviyada o‘tkazildi. Tadbir davomida institut rektori v.v.b, professor Ergashev Oybek Karimovich so‘zga chiqib, jamoamizning fidokorona mehnatini e’tirof etdi. U kelgusi yil uchun rejalashtirilgan ulkan maqsadlar haqida ham fikrlarini bayon qildi .

Tadbir davomida viloyatimizning san’at ustalari tomonidan taqdim etilgan rang-barang bayram konserti barchaning qalbini jo‘shqin hislar bilan to‘ldirdi. Kuy-qo‘shiqlar, diltortar musiqalar va ijrodagi betakror mahorat tadbirga alohida fayz va mazmun kiritdi.

Mazkur marosim nafaqat o‘tgan yilning unutilmas natijalarini sharaflash, balki yangi yilda yangi marralar sari qadam tashlash uchun kuch va ishonch baxsh etdi. Ushbu tadbir barchaga bir ma’no mujassam etdi: mehnat qilingan joyda muvaffaqiyat albatta bo‘ladi! 2025-yil bizni yanada ulkan rejalar bilan kutib olmoqda. Institutimiz barchaning orzu va intilishlariga qanot bag‘ishlash uchun doimo tayyor!